Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Yo‘q, sizlar haddan oshguvchi qavmdirsizlar» (Shuaro surasi, 165–166)
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «...va uni nopokliklar qiluvchi bo‘lgan qishloq (ahli)dan najot berdik. Darhaqiqat, ular yomon buzuq qavm edilar» (Anbiyo surasi, 74).
Yo‘q, sizlar haddan oshguvchi qavmdirsizlar» (Shuaro surasi, 165–166).
Sizlar hech bir jonzot qilmaydigan ishni qilib, ya’ni, ayollarni qo‘yib erkaklarga yaqinlik qilish bilan insoniylik chegarasidan chiqib, hayvon darajasiga tushib qoldinglar. Hattoki hayvon ham bu ishdan jirkanadi. Sizlar hayvonlardan ham tuban, yaramas kimsalarsiz. «...va uni nopokliklar qiluvchi bo‘lgan qishloq (ahli)dan najot berdik. Darhaqiqat, ular yomon buzuq qavm edilar» (Anbiyo surasi, 74). Qishloqlarining nomi «Sadum» bo‘lib, ular Alloh taolo O‘z kitobida zikr qilganidek nopok www.ziyouz.com kutubxonasi 127 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Ular butun mavjudotlar ichida hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, erkaklarning orqasiga yaqinlik qilar va boshqa munkar ishlarni amalga oshirar edilar. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytgan ekanlar: «O‘nta xislat Lut qavmi amallaridandir: sochni silliq qilib tarash, tugmalarni qadamay yurish, yong‘oq otish, mayda tosh otish, kaptar uchirib o‘ynash, barmoqlar bilan hushtak chalish, bo‘g‘imlarni qirsillatish, izor (ishton)ni uzun qilib sudrab yurish, ustki kiyimlar (chakmon)ning orqasini kesish, mast qiluvchi ichimliklar ichishga mukkasidan ketish va erkaklarga yaqinlik qilish». Rivoyat qilishlaricha, to‘rt toifa odamlar Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan holda tong orttirib, Allohning qahrini keltirgan holda kunni kech qiladilar: O‘zlarini erkaklarga o‘xshatuvchi ayollar, o‘zlarini ayollarga o‘xshatuvchi erkaklar, hayvonga yaqinlik qiluvchi kimsa va erkaklarga yaqinlik qiluvchi kimsa. Rivoyat qilishlaricha, agar bir erkak boshqa bir erkakning ustiga chiqsa, Arsh Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rqqanidan titrab ketadi. Osmonlar ham yerga qulab tushishiga bir bahya qoladi. Shunda farishtalar osmonning har tarafidan tutib: «Qul huvallohu ahad»ni oxirigicha o‘qiydilar. Shundagina, Alloh azza va jallaning g‘azabi bosiladi. Asarlardan birida kelganki, yetti toifa odamlarga Alloh qiyomat kunida qaramaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, butun olamlar (barcha mavjudotlar) bilan birga to‘plamaydi va ularni do‘zaxga birinchilar qatorida kirgizadi. Agar tavba qilsalar, bu uqubatlardan xalos bo‘ladilar. Zero, kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. (Ular:) qo‘liga aloqa qiluvchi va qildiruvchi, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan kimsa, ota-onasiga qo‘l ko‘taruvchi, hattoki ular uning dastidan dod deydilar, qo‘shnilariga ozor beruvchi, hattoki uni odamlar la’natlaydilar va qo‘shnisining xotini bilan aloqa qiluvchi kimsa. Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida bir toifa odamlar zinodan qo‘llari homilador bo‘lgan holda tiriladilar. Ular bu dunyoda olatlarini o‘ynagan bo‘ladilar. Yana bir rivoyatda keladiki, quyidagilar Lut alayhissalom qavmi amallaridandir: narda o‘ynash, kaptar uchirib musobaqa qilish, it urishtirish, qo‘chqor suzishtirish, xo‘roz urishtirish, hammomga lungisiz kirish, o‘lchov va tarozidan urib qolish. Bu ishlardan birontasini qilgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Agar bachchavoz tavba qilmay o‘lsa, qabrda to‘ng‘izga aylanadi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Erkak yoki ayolning orqasiga yaqinlik qilgan kimsaga Alloh azza va jalla qaramaydi» (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati). Abu Said Sa’lukiy aytgan ekanlar: «Yaqinda bu ummatda «bachchavoz» degan qavm paydo bo‘ladi. Ular uch toifa bo‘lib, bir toifasi qaraydigan, boshqa toifasi qo‘l ushlaydigan, uchinchi toifasi mana shu ishni qiladigan bo‘ladi». Ayol va o‘spiringa shahvat bilan qarash ham zinodir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Odam farzandiga zinodan bo‘lgan nasibasi bitilgan bo‘lib, u bu www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu sababli ham solih zotlar o‘spirinlarga qarash, ular bilan aralashib yurish va birga o‘tirishdan qattiq saqlanganlar. Hasan ibn Zakvon aytganlarki: «Boylarning bolalari bilan majlis qurmanglar (birga o‘tirmanglar). Zero, ular bokira ko‘rinishga ega bo‘lib, ayollarga qaraganda fitnakorroqdirlar». Tobe’inlardan biri aytgan ekan: «Mening nazdimda taqvodor yigit uchun yirtqich hayvondan ko‘ra yosh o‘spirin xatarliroq». Ba’zilar: «Erkak kishi o‘spirin bilan hech qachon bir joyda tunamasin», degan ekanlar. Ayrim ulamolar o‘spirinlarni ayollarga qiyos qilib, ular bilan uy, do‘kon yoki hammomda holi qolishni harom deb hisoblaganlar. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki: «Birontangiz mahrami hozir bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmangiz»
Xabarlardan aytilishicha, nazar – zinoning elchisidir. Nazar iblisning zaharli paykonlaridan bir paykon bo‘lib, kimki uni Alloh uchun tark etsa, unga shunday ibodatni beradiki, u qalbida ibodat halovatini tuyadi. Islom ummati quli bilan shu nopok ishni qilgan kimsa ham bachchavoz, gunohkor bo‘lishiga ijmo’ qilgan. Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling