Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet21/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Fasl


Tobe’inlar, musulmon imomlari, salaflar va fuqaholardan yetmish kishi quyidagi ishlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qolgan sunnat ekanligiga ijmo’ qilganlar:
«Allohning qazo va qadariga rozi bo‘lish, buyrug‘iga taslim bo‘lish, hukmi ostida sabr qilish, buyurgan narsalarini bajarish, qaytargan narsalaridan tiyilish, Alloh uchun xolis www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy amal qilish, yaxshi-yu yomon taqdirga iymon keltirish, din xususidagi tortishuv-munozara va xusumatni tark etish, mahsiga mash tortish, vafot etgan ahli qiblaga janoza o‘qish.

Iymon – so‘z, amal va niyatdir, toat bilan ziyodalashadi, osiylik bilan kamayadi. (Izoh: Bu fikr Shofe’iy mazhabinikidir. Hanafiy mazhabi ulamolari fikriga ko‘ra esa, iymon – til bilan iqror bo‘lish, qalb bilan tasdiqlashdir. Shuningdek, iymon ziyoda yoki kam bo‘lmaydi, balki uning nuri ko‘payib ozayadi. – Muharrir.) Qur’on Allohning kalomidir. Uni Jabroil Allohning payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga olib tushgan. U maxluq emas.

Sulton tarafidan adolat yoki zulm sodir bo‘lsa-da, uning bayrog‘i ostida sabr qilinadi.
Amirlar jabr-zulm qilsalar ham, ularga qarshi qilich ko‘tarmaymiz.

Ahli qibladan birontasini, garchi gunohi kabira qilsa ham, kofir hisoblamaymiz. Faqat o‘sha gunohni halol deb bilsa, kofir deymiz.

Ahli qibladan birontasiga qilgan yaxshi amali sababli jannatiy deb guvohlik bermaymiz.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jannatiy deb guvoh bergan zotlar bundan mustasno.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari orasida bo‘lib o‘tgan narsalar xususida tilimizni tiyamiz, bahslashmaymiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin maxluqotlarning eng afzali Abu Bakr, so‘ng Umar, so‘ng Usmon, so‘ng Ali ibn Abu Tolibdir (Alloh barchasidan rozi bo‘lsin).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning barcha azvoji mutohharolari (ayollari), avlodlari va ashoblariga Allohning rahmatini so‘raymiz.




O‘n birinchi gunohi kabira

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling