Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


TORTISHUV, BAHS-MUNOZARA VA MUROSASIZLIK


Download 158.58 Kb.
bet23/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

TORTISHUV, BAHS-MUNOZARA VA MUROSASIZLIK

Alloh taolo marhamat qiladi:



«(Ey Muhammad), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi hayoti dunyoda sizga qiziq tuyuladi» (Baqara surasi, 204).

Ya’ni, shunday kimsalar borki, bayon qilish san’ati yetukligidan gapirayotgan gapidan lol qolasan, hayratlanasan. Lekin ular yolg‘onchi, munofiqdirlar. Ularning «hunarlari» bu www.ziyouz.com kutubxonasi


24
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy dunyodagina o‘tadi. Oxiratda esa qalblaridagi sirlardan boxabar bo‘lgan, g‘ayblarni bilguvchi Zotgina hokim bo‘ladi.

«... Va o‘zi (islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «iymoni»ga Allohni guvoh keltiradi» (Baqara surasi, 204).

Ya’ni, aslida dili kufr va munofiqlik illati bilan muhrlangan bo‘lsa-da, o‘zini iymonli deb da’vo qiladi va bu da’vosini «Alloh shohid» deb isbotlashga urinadi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchi bo‘lib, nohaqlik – botil bilan bahs-munozara qiladi.



«(Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib-elib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi» (Baqara surasi, 205).

Ya’ni, fasodni yomon ko‘radi, fasodchilarni yoqtirmaydi. Hujjatul Islom Fazzoliy aytganlar: «Bahs-munozara – o‘zingni bilimdon qilib ko‘rsatib, boshqani tahqirlash niyatida xatosini izhor etib, ta’na qilishingdir».

Tortishuv (mujodala) o‘z mazhabini boshqasidan ustun qo‘yish va fikrini ma’qullashdan iborat.

Xusumat esa mol yoki boshqa bir ko‘zlagan narsasini qo‘lga kiritish uchun aytgan gapida qat’iy turib olishdir. U gohida biron narsani yoqlashi, gohida e’tiroz qilishi mumkin. Bahs-munozarada esa faqat e’tiroz bo‘ladi».

Imom Navaviy aytadilar: «Bilginki, tortishuv goh haq, goh nohaq bo‘ladi. Alloh taolo aytganki:

«(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar» (Ankabut surasi, 46).


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling