Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
SIYDIKDAN POKLANMASLIK Alloh taolo aytadi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
SIYDIKDAN POKLANMASLIKAlloh taolo aytadi:«Liboslaringizni pok tuting» (Muddassir surasi, 4). Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o‘tdilar-da: «Bu ikkisi (ya’ni, qabrdagilar) azoblanmoqda. Gunohi kabira sababli azoblanayotganlari yo‘q. Ha, u gunohi kabiradir. Ulardan biri chaqimchilik qilib yurardi, boshqasi esa siydigidan saqlanmasdi», dedilar» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: « Qabr azobining ko‘pchiligi siydik sababli bo‘ladi. Bas, siydikdan pok bo‘linglar!» (Doriqutniy rivoyati). Kimki badani va kiyimlarini siydikdan pok saqlamasa, uning namozi maqbul bo‘lmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 27 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Hofiz Abu Nua’ym «Hil’a» kitoblarida Shafiy ibn Mati’dan rivoyat qiladi: «To‘rt toifa kimsalar o‘zi azoblanayotgan do‘zax ahliga yana ozor beradilar. Ular «Hamim» (qaynoq suv) va «jahim» (do‘zax olovi) orasida sarson bo‘ladilar, o‘zlariga o‘lim va halokat tilaydilar. Do‘zax ahli bir-birlariga: «Bularga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotganimiz yetmaganiday, yana bizga ozor berishyapti?» deyishadi. Ulardan biri cho‘g‘dan bo‘lgan tobutga qamalgan bo‘ladi. Boshqasi ichak-chavoqlarini tortayotgan bo‘ladi. Yana birining og‘zidan yiring va qon oqayotgan bo‘ladi. Va oxirgisi o‘z go‘shtini yeyotgan bo‘ladi. Tobutdagi kishiga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki: «Bu kishi o‘lib, bo‘ynida odamlarning moli qolgan-da, unga vafo qilmagan». Keyin ichak chavog‘ini tortayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi siydik qaeriga tegayotganiga parvo ham qilmasdi, o‘sha yerini yuvib ham tashlamasdi. So‘ng og‘zidan yiring va qon oqayotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi har bir fahsh va uyatsiz so‘zlarga nazar solib (eshitib), undan rohatlanardi, behayolikdan lazzatlanardi. Oxiri go‘shtini yeyotgan kimsaga: «Bunga nima bo‘lganki, o‘zimiz azoblanayotgan bo‘lsak-da, bizga ozor berdi?» deyiladi. Aytadiki, bu kishi g‘iybat qilib odamlarning go‘shtini yer va chaqimchilik qilib yurar edi». Allohdan afv va ofiyat so‘raymiz. Albatta, U rahmlilarning rahmlirog‘idir. O‘n to‘rtinchi gunohi kabira Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling