Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


NAMOZNI QASDDAN TARK ETISH Alloh taolo aytadi


Download 158.58 Kb.
bet27/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

NAMOZNI QASDDAN TARK ETISH

Alloh taolo aytadi:



«Ey mo‘minlar, mol-dunyolaringiz va bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya’ni, Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!» (Munofiqun surasi, 9).

Mufassirlar aytganlarki, oyatdagi Allohning zikridan murod besh vaqt namozdir. Kimki namozni vaqtida o‘qishdan tijoratdagi, oldi-sotdidagi, kundalik hayotidagi mol-dunyosi yoki farzandlari sababli mashg‘ul bo‘lib qolsa, u ziyonkorlardandir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Bandaning qiyomat kunida birinchi hisob-kitob qilinadigan narsasi namozdir. Agar (namozi) durust bo‘lsa, boshqa amallari ham durust bo‘ladi. Bordi-yu, (namozi) yaroqsiz bo‘lsa, qolgan amallari ham yaroqsiz bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).

Alloh taolo do‘zax egalari haqida xabar qilib deydi:



«(Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida): Ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Miskin-bechoraga taom berguvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘uvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va Payg‘ambar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik). To bizlarga aniq (o‘lim) kelgunicha bizlar Jazo –
Qiyomat kunini yolg‘on der edik». Endi qo‘llaguvchilarning qo‘llovi ularga foyda www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy bermas!» (Muddassir surasi, 42–48).

«Sahihul Buxoriy»da rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Kimki asr namozini tark etsa, uning amali aniq habata bo‘libdi (ya’ni, behuda ketibdi)».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namozni tark etmagin. Zero, kimki namozni qasddan tark etsa, darhaqiqat, undan Allohning zimmasi (himoyasi) soqit bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlarga qarshi ular to Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisidir, deb guvohlik bermagunlaricha, namozni qoim qilmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha jang qilishga buyurildim. Agar shuni qilsalar, mendan qonlari-yu mollarini saqlagan bo‘ladilar. Biroq, islom haqi bundan muntasno. Ularning hisobi Allohga havola» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki namozni muhofaza qilsa, qiyomat kunida u uchun (namozi) nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimda-kim uni muhofaza qilmasa, unga nur ham, hujjat ham, najot ham bo‘lmaydi va u qiyomat kunida Qorun, Fir’avn, Homon hamda Ubay ibn Xalaflar bilan birga bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyati).

Ayrim ulamolar aytishlaricha, «Namozni tark etgan kimsa ana shu to‘rt mal’un bilan birga qayta tiriladi. Chunki uni namozdan yo molu davlati, yo mulk-saltanati, yo vazirlik-mansabi va yo tijorati mashg‘ul qilgan. Kimki namozdan molu davlati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Qorun bilan birga tiriladi.

Kimki namozdan mulk-saltanati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Fir’avn bilan birga tiriladi.

Kimki namozdan vazirlik – mansabi sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Homon bilan birga tiriladi.

Kimki namozdan tijorati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Makkadagi kofirlarning tijoratchisi bilan birga tiriladi».

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jarohatlangan vaqtlarida: «Ey amiral mo‘minin, namoz (ya’ni, namozni o‘qib oling)», deyishdi. Shunda u zot roziyallohu anhu: «Ha, to‘g‘ri.


Namozni zoe qilgan biron bir kishi uchun Islomda nasiba yo‘q», dedilar-da namozni o‘qidilar. Jarohatlaridan esa qon oqib turardi.

Abdulloh ibn Shaqiq Tobi’iy roziyallohu anhu deydilar: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari namozdan boshqa hech bir amalni tark etishni kufr deb hisoblamasdilar» (Termiziy rivoyati).

Ibrohim Naxa’iy va Ayyub Sahtiyoniylar ham shu gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh deganlar: «Agar banda qabriga qo‘yilsa, birinchi bo‘lib so‘raladigani – namozdir. Agar namozi yaroqli topilsa, uning boshqa amallariga qaraladi. Bordi-yu, yaroqli deb bo‘lmasa, undan keyin boshqa biron amaliga qaralmaydi».

Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni vaqtidan kechiktirish va mo‘minni nohaq o‘ldirishdan ko‘ra ulkanroq gunoh yo‘q», deganlar.



Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling