Fasl
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlar hidoyatda bo‘lganlaridan keyin faqat talashib-tortishishga berilganlari sababligina haq yo‘ldan og‘dilar», dedilar-da, quyidagi oyatni o‘qidilar:
«Ular (bu misolni) Sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir ular xusumatchi-urushqoq qavmdirlar!» (Zuxruf surasi, 58).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qur’on xususida talashib-tortishish kufrdir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Alloh eng yomon ko‘radigan kimsa ashaddiy xusumatchidir!» (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Rivoyat qilinishicha, kimki xusumatlashayotganda bilmasdan turib tortishsa, to www.ziyouz.com kutubxonasi
26
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy tortishuvni bas qilmaguncha g‘azab ostida bo‘ladi.
Boshqa bir rivoyatda shunday deyilgan: «Doim xusumatlashib yurishing gunohkor bo‘lishingga kifoya qiladi».
Asarda kelganki: «Sizlarning ustingizdagi narsalarning eng qo‘rqinchlirog‘i – olimning adashishi, munofiqning Qur’on xususida talashib-tortishishi va bo‘yningizni kesadigan dunyo».
Fasl
Gapirganda farosatu balog‘at bilan so‘zlayman deb chiranish, xuddi notiqlarday viqor bilan tushunish qiyin bo‘lgan jumlalarni so‘zlash va saj – qofiyali qilib gapirishga urinish ortiqcha takalluf hisoblanib, makruhdir. Aksincha, tinglovchi darhol anglab oladigan sodda, tushunarli qilib so‘zlash lozim.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh sigir kavsh qaytargani singari tiliga erk beradigan so‘zamol kishilarni yomon ko‘radi» (Termiziy rivoyati).
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta sizlarning menga eng suyukligingiz va qiyomat kuni o‘rningiz yaqini –
axloqi go‘zalingizdir. Sizlarning menga eng yoqimsizingiz va qiyomat kuni mendan eng uzog‘ingiz – mahmadonalar, tahqirlovchilar va safsatabozlardir» (Termiziy rivoyati).
Bilginki, agar haddan oshish va bemavridlik bo‘lmasa, xutba-yu, ma’ruzalarda chiroyli uslubda so‘zlash hech qoralanmaydi. Chunki ular qalblarni Alloh taoloning toatiga ishtiyoqli qilish maqsadida aytiladi. Bu borada esa nutqning go‘zal va ravon bo‘lishi katta ahamiyatga molikdir. Vallohu a’lam.
O‘n uchinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |