Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Said ibn Musayyab aytganlar: «Ular «Hayya alas-solah, Hayya alal-falah»ni eshitardilar, lekin sog‘-salomat bo‘laturib, unga ijobat qilmasdilar». Ka’bul Ahbor deganlar: «Allohga qasamki, bu oyat faqat jamoatdan ajralib qoladigan kishilar haqida nozil bo‘lgan». Jamoat namozini uzrsiz tark etgan kimsaga bundan ko‘ra og‘irroq va qattiqroq tahdid bo‘lishi mumkinmi?! Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohga qasamki, men o‘tin to‘plashni buyurib, so‘ng namoz o‘qishga amr qilib, unga azon aytilgandan keyin bir kishiga odamlarga imom bo‘lishni aytib, so‘ngra jamoat namoziga kelmagan kishilarga muxolif bo‘lib, ularning uylariga o‘t qo‘yib yuborishni xohlardim» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan boshqa bir hadisda shunday deyilgan: «Yigitlarimga bir uyum o‘tin yig‘ishni buyurib, so‘ngra borib hech bir uzrsiz uylarida namoz o‘qiydigan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlardim».
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir ko‘r kishi kelib: «Rasululloh, meni masjidga yetaklab boradigan kishi yo‘q», dedi va uyida namoz o‘qishga ruxsat berishlarini so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga ruxsat berdilar. U ortiga burilgach, uni chorladilar va: «Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», degan edi, «Unga javob ber», dedilar (Muslim rivoyati). Amr ibn Ummu Maktum roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: «Yo Rasululloh, ko‘zim ojiz, hovlim ham uzoqda. Meni yetaklab keladigan odam yo‘q. Uyimda namoz o‘qishimga ruxsat berasizmi?» dedim. «Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. «Ha», degan edim, «Senga ruxsat bera olmayman», dedilar» (Abu Dovud, Ibn Huzayma rivoyati). Bu ko‘zi ko‘r kishi masjidga kelishi qiyinligidan shikoyat qilyapti. Uni masjidga olib borib qo‘yadigan kishi ham yo‘q. Shularga qaramasdan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga uyida namoz o‘qishga ruxsat bermadilar. Endi ko‘zi ojiz bo‘lmagan, sog‘lom, hech bir uzrsiz kishi haqida nima deyish mumkin?! Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki azonni eshitsa-yu unga ergashishdan man qiladigan uzri bo‘lmasa, uning (uyida) o‘qigan namozi qabul qilinmaydi», dedilar «Uzr nima?» deb so‘rashgan edi, «Xafv yoki kasallik», deya javob berdilar» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati). Ibn Abbos roziyallohu anhumodan kunduzlari ro‘za tutadigan, kechalari namoz o‘qiydigan, biroq jamoatga qo‘shilmaydigan va jamoat bilan namoz o‘qimaydigan kishi haqida so‘rashganida: «Agar shu holatda o‘lsa, u do‘zaxda», deya javob berganlar. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytganlar: «Odam farzandi uchun azonni eshitib, unga javob bermaslikdan ko‘ra, qulog‘iga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilgani yaxshiroq». Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling