Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet34/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Masjid qo‘shnisi faqatgina masjidda namoz o‘qish lozim», dedilar. «Masjid qo‘shnisi kim?» deb so‘rashgan edi, «Azonni eshitadigan kishi», deya javob berdilar.

Yana u zot roziyallohu anhudan naql qilinadi: «Kimki azonni eshitsa va biron bir uzrsiz unga kelmasa, uning namozi boshidan nariga ko‘tarilmaydi».

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Kimki ertaga Allohga musulmon bo‘lgan holda yo‘liqishni xohlasa, namozlarni azon aytilgan yerda muhofaza qilsin. Zero, Alloh taolo Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat yo‘llarini belgilab berdi.
Ular (ya’ni, namozlar) hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar jamoatdan orqada qoluvchi kimsaga o‘xshab, uyingizda namoz o‘qisangiz, Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etgan bo‘lasiz. Agar Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etsangiz, zalolatga yuz tutasiz. Darhaqiqat, men (ilgari) jamoat namozidan faqat munofiqligi ma’lum kimsagina orqada qolganiga guvoh bo‘lganman. Bir kishini olib kelishardi-da, safda turishi uchun ikki kishi orasiga turg‘izib qo‘yishardi» (Muslim rivoyati).

Ya’ni, u zaifligidan o‘zini tutolmas va ularga suyanib turardi. U bu ishni jamoat fazilatiga ishtiyoqli bo‘lgani va uni tark etsa, gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqqani uchun qilardi.

Ibn Munzir aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari:
«Kimda-kim azonni eshitib, hech bir uzrsiz unga javob bermasa, uning namozi namoz emas», deganlari rivoyat qilingan». Ibn Mas’ud va Abu Muso Ash’ariylar shular jumlasidandir.

Ato, Ahmad ibn Hanbal va Abu Savrlar jamoatga hozir bo‘lishni farz deb bilishgan.

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Jamoat namoziga qodir kishi uchun biron-bir uzrsiz uni tark etishiga ruxsat bermayman», deganlar.

Ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu hadisini zikr qilgandan keyin Xitobiy shunday degan: «Bu hadisda jamoat namoziga hozir bo‘lish vojibligiga hujjat bor. Agar u mandub (mustahab) bo‘lganida edi, undan qolishga Ibn Ummu Maktumga o‘xshagan kishilar, zaif va nochor odamlar haqli bo‘lishardi».

Ato ibn Abu Raboh aytar edilar: «Shaharu qishloqdagi Alloh maxluqotlaridan birontasi uchun ham, agar azonni eshitsa, namozni o‘qimaslikka ruxsat yo‘q».

Avzoiy aytganlarki: «Juma va jamoatni tark etishga buyursa, ota-onaga ham itoat qilinmaydi».




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling