Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- JUMA NAMOZINI TARK ETISHGA ODATLANISH
HikoyaImom Buxoriy va Imom Muslimlarning shayxi Ubaydulloh ibn Umar Qovariydan rivoyat qilinadi: «Men hamisha xufton namozini jamoat bilan o‘qir edim. Bir kecha uyimga mehmon keldi. U bilan ovora bo‘lib, jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Basra masjidlarini aylanib chiqdim. Barcha kishilar xuftonni o‘qib bo‘lgan, masjidlar yopilgan edi. Uyimga qaytdim va o‘zimga o‘zim jamoat namozining darajasi yolg‘iz bo‘lib o‘qilgan namozdan 27 barobar ziyoda bo‘ladi, dedim-da, xuftonni yigirma yetti marta o‘qidim. So‘ng uxladim. Tush ko‘ribman, go‘yo otliqlar bilan birga ekanman. Mening ham otim bo‘lib, biz kimo‘zar o‘ynayotgan ekanmiz. Men otimni choptirar, biroq ularga yeta olmas edim. Shunda ulardan biri menga burilib qarab: «Otingni qiynama, baribir bizlarga yeta olmaysan», dedi. «Nima uchun?» deb so‘rasam: «Chunki biz xuftonni jamoat bilan o‘qidik, sen esa yolg‘iz o‘zing o‘qiding», deb javob berdi. Men uyg‘onib ketdim va ko‘rgan tushimdan g‘amgin bo‘lib qoldim». Allohdan tafviq va madad tilaymiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir. O‘n oltinchi gunohi kabira JUMA NAMOZINI TARK ETISHGA ODATLANISHAlloh taolo buyuradi:«Ey mo‘minlar, qachon jum’a kunidagi namozga chorlansa (ya’ni, azon aytilsa), darhol Allohning zikriga (ya’ni, jum’a namozini ado qilish uchun) shoshib boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo‘lsangizlar mana shu (ya’ni, Allohning zikriga – jum’a namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir» (Jum’a surasi, 9). Hafsa (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jumaga borish har bir balog‘atga yetgan kishiga vojibdir» (Nasoiy rivoyati). Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jumaga bormaydigan kimsaga qarata: «Bir kishiga odamlarga namoz o‘qib berishni buyurib, keyin jumaga kelmaydigan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlardim», dedilar» (Muslim rivoyati). Abu Hurayra va Ibn Umar roziyallohu anhulardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yo odamlar jumani tark etishdan to‘xtaydilar, yoki Alloh ularning qalbini muhrlab qo‘yadi. So‘ng ular g‘ofillardan bo‘lib qolurlar» (Muslim rivoyati). Abu Ja’d Zamriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki beparvolik bilan uchta jumani tark etsa, Alloh uning qalbini muhrlab qo‘yadi» (Termiziy, Ibn Huzayma, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling