Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet44/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
47
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Bir kishi o‘g‘li o‘lgan birodariga ta’ziya bildirib xat yozdi:
«...Farzand, modomiki hayot ekan, otasi uchun g‘am-tashvish va fitnadir. Agar otasi qarib qolsa, u duo va rahmatdir. Uning g‘am-tashvishi-yu, fitnasidan ayrilib qolganingizdan ko‘p siqilmang. Alloh taolo uning duosi va rahmatining o‘rniga bergan narsasidan (ya’ni ajrdan) mahrum bo‘lib qolmang».

Muso ibn Mahdiy o‘g‘li vafot etgan Ibrohim ibn Salamaga ta’ziya bildirib dedi: «Balo va fitnadan qutilganingizga xursand, duo va rahmatdan mahrum bo‘lganingizga esa xafa bo‘ling».

Bir kuni boshqa kishiga ta’ziya bildirib dedi: «Oxiratda ajr beriladigan kishi dunyoda shodlik va quvonch beriladigan kishidan ko‘ra yaxshiroqdir».

Rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo o‘g‘lini dafn qilib, so‘ngra kuldilar. U kishidan: «Qabr tepasida ham kulasizmi?» deb so‘rashgan edi: «Shaytoning burnini yerga ishqalashni xohladim», deya javob berdilar.

Ibn Jurayj roziyallohu anhu dedilar: «Musibat chog‘ida ajr va savob umidida tasalli topmagan kimsa xuddi hayvonlar tinchlangandek tinchlanadi».

Hamid A’rojdan naql qilinadi: Said ibn Jubayr roziyallohu anhu o‘g‘liga qarab turib: «Men sendagi yaxshi xususiyatni bilaman», dedilar. O‘sha yerdagilar: «U nima?» deb so‘rashgan edi, «U vafot etib, savobini umid qilishim», deya javob berdilar.

Bir kishi o‘g‘lidan xafa bo‘lib Hasan Basriyga shikoyat qildi. Hasan roziyallohu anhu u kishidan: «O‘g‘lingiz g‘oyib bo‘lib turadimi?» deb so‘ragan edi, u: «Ha, ko‘pincha g‘oyib bo‘ladi», deya javob berdi. U zot: «O‘g‘lingiz sizdan uzoqda yuraversin. Zero, u g‘oyib bo‘lgan sayin sizning ajringiz ziyodalashaveradi», deya maslahat berdilar. Haligi kishi:
«Ey Abu Said, o‘g‘limga nisbatan saqlagan kekimni tarqatib yuborayozdingiz», deb minnatdor bo‘ldi.

Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhu bemor yotgan o‘g‘lining oldiga kirib: «Ey o‘g‘ilginam, o‘zingni qanday his qilyapsan?» deb so‘ragan edi, o‘g‘li: «Haq yo‘lda barqarorman», deya javob berdi. U zot roziyallohu anhu: «Ey o‘g‘ilginam, men uchun mening mezonimda bo‘lishing, sening mezoningda bo‘lishimdan ko‘ra suyukliroq», dedilar. Shunda o‘g‘li: «Ey otajon, men uchun siz yaxshi ko‘rgan narsa bo‘lishi men suygan narsa bo‘lishidan ko‘ra suyumliroq», deb javob berdi.

Imom Shofe’iy hazratlari o‘g‘li vafot etganda, quyidagi baytni o‘qigan ekanlar: Dunyo shunday ekan, sabr qil,
Yo moldan judolik, yo habibingdan.

Urva ibn Zubayr roziyallohu anhu Muhammad ismli, xushsurat o‘g‘li bilan Valid ibn Abdumalikning huzuriga yo‘l oldi. Valid olachipor kiyimda, qo‘llari bilan kiyim bog‘ichlarini o‘ynayotgan bolaga qarab: «Quraysh yigitlari mana shunday bo‘ladi», deb unga suqlandi va ko‘zi tegdi. O‘g‘lon uning oldidan behol bo‘lib chiqdi. Chorvalar bog‘langan joyda yiqilib, podaning tagida qolib ketdi. Bola o‘ldi.




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling