Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Urvaning bir oyog‘i qorason bo‘lib, boldiridan kesib tashlandi. U ancha qarib qolgan edi. Shu kechasi u zorlanib duo qilmadi. Faqatgina: «Bu safarimizdan nasib qilgani shu ekan», deb qo‘ydi xolos va quyidagi misralarni o‘qidi: Qasamki, shu yengil kaftlarim meni Shubhali ishlarga tortqilagan yo‘q. Guvohlik bersinlar oyoqlarim ham, Zino-yu, faxshlarga yetaklagan yo‘q. Qulog‘im-u ko‘zim, fikrim-u aqlim, Ma’siyat va gunoh birla olishgan. Menga va o‘g‘limga yetgan musibat Qancha yigitlarning boshiga tushgan. So‘ngra u zot roziyallohu anhu munojot qilib dedilar: «Ey Allohim, meni sinagan ekansan, aslida salomat qilibsan. Olgan ekansan, yana qoldiribsan. Bir a’zoni olib ko‘p a’zolar qoldirding. Bir farzandni olib, ko‘p farzandlar qoldirding». Xuddi shu kechasi Validning oldiga Bani Abaslik ko‘r kishi keldi. Undan qanday qilib ko‘r bo‘lib qolgani haqida so‘ragan edi, boshidan o‘tganini so‘zlab berdi: «Dunyoda o‘zimdan ko‘ra badavlatroq abaslik kishi yo‘q edi. Bir kechasi darada tunab qoldim. Tunda sel kelib, butun ahlim, bola-chaqam, mol-holimni oqizib ketdi. Faqat bir bolam bilan, bir tuyam qoldi. Tuya qaysarlik qilib qochib ketdi. Uning ortidan quvlay boshladim. Bir oz yurgan edim, bolamning chinqirgani qulog‘imga chalindi. Qaytib kelib ne ko‘z bilan ko‘rayki, bir bo‘ri jigarbandimni g‘ajib tashlabdi. Bo‘rini o‘ldirdim. Keyin tuyani ushlash uchun orqasidan borgan edim, qo‘qqisdan yuzimga tepdi. Ko‘zim ko‘r bo‘lib qoldi. Shunday qilib butun ahli oilam va mol-mulkimdan ayrildim». Shunda Valid: «Buni Urvaning oldiga olib boringlar. Toki u yer yuzida o‘zidan ko‘ra qattiqroq musibatga uchragan kishi ham borligini bilib qo‘ysin», deb buyurdi. Usmon roziyallohu anhuga hamla qilib, jarohat yetkazganlarida, soqollari qonga bo‘yalgan holda shunday degan edilar: «Sendan o‘zga hech qanday iloh yo‘q. Sen barcha aybu nuqsonlardan poksan. Men zolimlardan bo‘lib qoldim. Ey Allohim, ularga qarshi O‘zingdan madad tilayman, barcha ishlarimda yordamingga muhtojman va bu sinovlaringda O‘zing meni sabrli qilgin». Madoiniy aytadilar: «Men sahroda (sahroiy arablar maskanida) bir ayolni uchratib qoldim. Uningdek go‘zal va rangi tiniq ayolni sira ko‘rmagan edim. Undan: «Shodlik sababli shu qadar go‘zalmisan?» deb so‘ragan edim, u: «Yo‘q, Allohga qasamki, bunday emas. Men g‘am va qayg‘uga nishonman. Boshimdan o‘tganini senga so‘zlab beraman.
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling