Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qizlaridan biri u zotga o‘zining go‘dagi o‘lim holatida ekanini bildirib, odam yubordi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xabarchiga: «Borib unga ayt: «Albatta olgan narsasi Alloh taolonikidir. Bergani ham Uning O‘zinikidir. Va har bir narsa Uning huzurida aniq vaqt – o‘lchov bilandir. Unga buyurginki, sabr qilib umid etsin», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Imom Navaviy aytadilar: «Ushbu hadis din asoslari (aqida) va furu’laridan (shar’iy hukmlar) sanalib, har xil musibat, kasallik va g‘am-tashvishga mubtalo bo‘lganda o‘zini tutish va sabr qilishdan iborat juda ko‘plab muhim masalalarni o‘z ichiga olgan ulkan Islom qoidalaridan biridir. «Olgan narsasi Allohnikidir» jumlasining ma’nosi shuki, butun olam Alloh taoloning mulkidir. Binobarin, U zot sizlarga tegishli narsani olgani yo‘q. Aksincha, sizlarga omonat qo‘ygan O‘zining narsasini oldi xolos. «Bergani ham Uning O‘zinikidir», degani, sizlarga bergan narsasi Uning tasarrufidan chiqdi, degani emas. U baribir Allohniki bo‘lib qolaveradi, uning ustida xohlagan ishini qiladi. «Va har bir narsa Uning huzurida aniq vaqt – o‘lchov bilandir». Ya’ni, talvasaga tushmanglar, besabrlik qilmanglar. Zero, ajali yetgan har bir inson o‘ladi. Belgilangan ajal – vaqtni oldinga surib ham, kechiktirib ham bo‘lmaydi. Agar bularning barchasini bilgan bo‘lsangiz, u holda o‘zingizga yetgan musibatga sabr qiling va savobga umid bog‘lang. Vallohu a’lam». Ali roziyallohu anhu Ash’as ibn Qaysga: «Agar sen iymon keltirgan va savob umid qilgan holda sabr etsang, sabr etding. Bo‘lmasa sen ham, hayvon yupangandek yupanib qolasan», dedilar. Bir donishmand musibatga uchragan kishiga maktub yozdi: «Judo bo‘lgan narsang sendan ketib bo‘ldi. Endi uning o‘rniga berilgan narsa – ajrdan ham mahrum bo‘lib qolmagin». Bir zot aytgan ekanki: «Oqil kishi musibatning birinchi kunida johil besh kundan keyin qiladigan ishlarni qiladi». Ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan musibatga uchragan kishi ko‘nikib, ovunib boradi. Shuning uchun shariatda musibatning ilk zarbasiga yo‘liqqan zahoti sabr qilishga buyurilgan. Abdurahmon ibn Mahdiy farzandi o‘lib, qattiq talvasaga tushib qoldi. Bu xabarni eshitgan Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh u kishiga quyidagicha maktub yozdilar: «Ey birodar, boshqalarni yupatgan so‘zlaringiz bilan o‘zingizni yupating, o‘zgalarning xatti-harakatlaridagi noma’qul deb bilgan jihatlaringizni o‘z ishlaringizda ham bema’ni deb hisoblang. Bilib olingki, eng achchiq musibat – shodlikning yo‘qolishi va ajrdan mahrum bo‘lishdir. Agar bu ikkisiga gunoh ham kelib qo‘shilsa, qanday bo‘lar ekan?! Ey birodar, siz talab qilmasdan turib, ajrning o‘zi yoningizga kelgan ekan, uni quchoq ochib kutib oling. Zero, marhumingizdan ayrilib bo‘ldingiz. Alloh musibatlar chog‘i sizga sabr bersin, sabr tufayli sizga ham, bizga ham ajr bersin». So‘ng quyidagi she’rni bitdilar. Ma’nosi:
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling