Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BERGAN NARSANI MINNAT QILISH
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Uning bu holiga qanday qilib yig‘lamaslik va xafa bo‘lmaslik mumkin?!» «Akangiz tirikligida nima amal qilar edi?» so‘radik biz. «Mol-mulkining zakotini bermas edi», dedi. «Bu Alloh taoloning: «Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Oli imron surasi, 180) degan kalomining tasdig‘idir. Azob akangizga qiyomat kunigacha qabrida beriladigan bo‘libdi-da», dedik». Allohdan afv va ofiyat tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir. Yigirma ikkinchi gunohi kabira BERGAN NARSANI MINNAT QILISHAlloh taolo aytadi:«Ey iymon keltirganlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!» (Baqara surasi, 264). Kalbiy: «Qilgan sadaqasini Allohga minnat qilish va olgan odamga ozor berish bilan», deb tafsir qilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qiyomat kunida Alloh uch toifa odamga gapirmaydi, qaramaydi, ularni poklamaydi va ularga alamli azob bordir: kiyimini uzun qilib yerga sudrab yuruvchi, minnatchi va yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi»
Boshqa bir hadisda: «Qiyomat kunida Alloh uch toifa odamga – ota-onasiga oq bo‘lgan, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan va bergan narsasini minnat qilgan odamga qaramaydi. Shuningdek, uch toifa kimsa jannatga kirmaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan, dayus va erkakshoda ayol», deyilgan (Nasoiy, Bazzor rivoyati). Erkakshoda ayoldan murod erkaklarga taqlid qiladigan ayoldir. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Makkor-aldamchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi» (Termiziy rivoyati). «Yaxshilikni minnat qilishdan ehtiyot bo‘linglar, chunki u shukrni yo‘q qiladi, ajrni ketkazadi», degan xabar ham rivoyat qilingan. Ibn Siyrin bir kishining boshqa birovga, senga yaxshilik qildim, undoq qildim, bundoq qildim, deyayotganini eshitib qoldilar-da, unga: «Jim bo‘l. Agar sanaladigan bo‘lsa, yaxshiliklarda naf yo‘q», dedilar. Ayrim ulamolar aytgan ekanlarki: «Kim qilgan yaxshiligini minnat qilsa, noshukr bo‘ladi, www.ziyouz.com kutubxonasi
Imom Shofe’iy quyidagi ma’nodagi misralarni o‘qigan ekanlar: «Odamlarga og‘irliging tushmasin, toki senga minnat qilishmasin. O‘zingning ulushingni ixtiyor qilib sabr et, zero sabr jannatdir. Birovlarning minnati qalbga tishlagandan ko‘ra qattiqroq ta’sir qiladi». Yigirma uchinchi gunohi kabira Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling