«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, (ya’ni, haj qilsam) www.ziyouz.com kutubxonasi
59
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy solih (banda)lardan bo‘lsam», deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun surasi, 10) degan», deya javob berdilar.
«Zakot qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi: «Mol ikki yuz dirhamga yetsa, undan zakot berish vojib bo‘ladi», dedilar. «Haj qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi:
«Ozuqa va ulovga ega bo‘lganda», deya javob berdilar.
Said ibn Jubayr roziyallohu anhu aytganlar: «Mening badavlat qo‘shnim vafot etdi. U haj qilmagan edi, uning janozasiga qatnashmadim».
Yigirma oltinchi gunohi kabira
ALLOHDAN BOSHQAGA ATAB JONLIQ SO‘YISH
Alloh taolo buyuradi:
«Allohning nomi zikr qilinmagan narsalardan yemangiz!» (An’om surasi, 121) Ibn Abbos roziyallohu anhumo ushbu oyati karimaning tafsirida shunday deganlar:
«Undan murod o‘limtik, bo‘g‘ilib o‘lgan va but-sanamlarga atab so‘yilgan jonivorlar».
Kalbiy aytganlarki: «Ular Alloh nomi zikr qilinmagan yoki Alloh taolodan boshqaga atab so‘yilgan jonivorlardir».
Ato aytganlar: «Quraysh qabilasi va boshqa arablar butlarga atab so‘ygan jonliqlar».
«...Zotan, bu ish itoatsizlikdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlarini (ya’ni, mushriklarni) sizlar bilan tortishishlari uchun vasvasaga solurlar».
Ya’ni, mushriklar mo‘minlar bilan o‘limtiklar xususida tortishadilar.
«...Agar ularga bo‘yinsunsangiz, hech shak-shubhasiz, mushriklardan bo‘lib qolursizlar» (An’om surasi, 121).
Ya’ni, sizlar ham o‘limtikni halol deb bilsangiz, unda sizlar mushrik bo‘lib qolasizlar.
Zajjoj roziyallohu anhu aytganlarki: «Bu oyat Alloh harom qilgan narsalardan birontasini halol deb bilgan yoki Alloh halol qilgan narsalardan birontasini harom deb bilgan har bir kimsa mushrik bo‘lishiga dalildir».
Musulmon odam unutib «basmala»ni («Bismillahir rohmanir rohiym»ni) aytmay so‘ygan jonlig‘i halol hisoblanadi. Chunki mazkur oyatdagi: «Allohning nomi zikr qilinmagan narsalar»ni mufassirlar o‘limtiklar, deb tafsir qilishgan. Bironta mufassir uni musulmon odam «basmala»siz so‘ygan jonivor demagan. Shuningdek, musulmonning
«basmala»siz so‘ygan jonlig‘idan yegan kishi itoatsizlik qilgan bo‘lmaydi. Qolaversa, mushriklar bilan «basmala»siz so‘yilgan jonliq xususida emas, o‘limtik xususida tortishganlariga mufassirlar ijmo’ – ittifoq qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |