Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


ZAKOT BERMASLIK Alloh azza va jalla aytadi


Download 158.58 Kb.
bet50/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

ZAKOT BERMASLIK

Alloh azza va jalla aytadi:



«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar. Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!..» (Oli Imron surasi, 180).

«Zakotni (haqdorlarga) ato etmaydigan mushriklarga esa halokat bo‘lgay!»
(Fussilat, 6-7).

Zakot bermaydigan kimsalarni «mushriklar» deb atadi.


www.ziyouz.com kutubxonasi
54
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy


«Oltin-kumushni to‘plab, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabari»ni bering! U Kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushlar) jahannam o‘tida qizitilib, u bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir.
Endi to‘plagan narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar» (deyilur)» (Tavba surasi, 34–35).

Butun a’zolar orasidan faqatgina peshona, yonbosh va orqa tomonga tamg‘a bosilishining boisi, baxil boy faqirlarni ko‘rganda, peshonasini tirishtirib, yonboshi bilan turib olar, agar yaqiniga kelsa, orqasini o‘girib olar edi. Jazo qilmishiga yarasha, mos bo‘lishi uchun mazkur a’zolarga tamg‘a bosiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir oltin yoki kumush sohibi boyligining haqini (zakotini) bermas ekan, qiyomat kuni bo‘lganda olovdan qozonlar yasalib, boyligi jahannam olovida qizdiriladi-da, u bilan peshonasi, yonboshi va orqa tomoniga tamg‘a bosiladi. Agar u sovib qolsa, darhol boshqatdan qizdiriladi. Bu miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda, to bandalar orasida hukm qilinguncha davom etadi.
So‘ng jannatga yoki do‘zaxga eltuvchi yo‘lini ko‘radi». «Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, tuyalar-chi?» deb so‘rashdi. Rasululloh aytdilar: «Tuya sohibi ham uning haqqini ado qilmas ekan (uning haqqi sug‘orilgan kuni sog‘ib olinishidir), qiyomat kuni o‘sha tuya uchun tekis joy hozirlab beriladi. Tuyaning biror bolasi ham qolmasdan, egasini tuyoqlari bilan toptaydi, og‘izlari bilan tishlaydi, ustidan avvalgisi o‘tsa, yana boshqasi qaytib keladi. (Bu ish) miqdori ellik ming yil bo‘lgan bir kunda toki bandalar orasida hukm qilinib, (tuya sohibi) yo‘li jannatga yoki do‘zaxga ekanini ko‘rguncha (davom etadi)».

Yana aytildi: «Yo Rasululloh, sigir va qo‘ylar-chi?» Rasululloh aytdilar: «Qaysi bir sigir yoki qo‘y egasi uning haqqini ado etmasa, qiyomat kuni bo‘lganda (o‘sha sigir va qo‘y uchun) hamma narsa ko‘rinadigan tep-tekis bir yer kengaytirib beriladi. (U sigir va qo‘ylar) ichida shoxi bir-biriga kirishib ketgan bo‘ladi, shoxsiz yoki shoxi singani bo‘lmaydi, ular uni (egasini) shoxlari bilan suzadilar, tuyoqlari bilan toptaydilar, ustidan bittasi o‘tib ketsa, yana boshqasi kelib bosadi. (Bu ish) miqdori ellik ming yil bo‘lgan bir kunda bo‘lur. Toki hukm qilinib, (mol egasi) yo‘li jannat yoki do‘zaxga ekanini ko‘rguncha (davom etadi)».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa: zolim amir, molidagi Alloh taoloning haqini ado qilmaydigan boy, mutakabbir kambag‘al» (Ibn Hibbon, Ibn Huzayma rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Kimning Alloh taolo baytini haj qilishga yetadigan mablag‘i bo‘lsa-yu, haj qilmasa, yoki zakot berish vojib bo‘lsa-yu, zakot bermasa o‘layotgan vaqtida hayotga qaytarilishini so‘raydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Ibn Abbos, Allohdan qo‘rq, hayotga qaytarilishni kofirlar so‘raydi», deya e’tiroz bildirdi. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Senga bu haqda Qur’on (oyati) o‘qib beraman. Alloh taolo:



«Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lsam» deb qolishidan ilgari – Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy infoq-ehson qilingiz!» (Munofiqun surasi, 10) degan», deya javob berdilar.

«Zakot qachon vojib bo‘ladi?» deb so‘rashgan edi. «Mol (boylik) ikki yuz dirhamga yetsa, undan zakot berish vojib bo‘ladi», dedilar. «Haj qachon vojib bo‘ladi?» so‘rashgan edi. «Ozuqa va ulovga ega bo‘lganda», deya javob berdilar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Alloh kimga boylik ato etgan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kunida boyligi ikki kokilli ajdarga aylantiriladi. So‘ng u sohibining bo‘yniga o‘raladi-da, ikki lunjidan tutib: «Men sening molingman, sening xazinangman», deydi va ushbu oyatni o‘qiydi:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, ularga dushmanlari hukmron bo‘ladi. Alloh nozil qilgandan boshqa narsa bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlar avj olsa, ularda o‘lim ko‘payadi.


Zakot bermasalar, ularga yomg‘ir yog‘dirilmay qo‘yadi. O‘lchov va tarozidan urib qolishsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qirg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar», deya javob berdilar (Tabaroniy).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «(Baxil) kishiga tamg‘a bosilayotganda dirham dirhamga, dinor dinorga tekkan holda bosilmaydi. Balki terisi kengaytirilib, har bir dinor va dirham alohida-alohida qo‘yilib tamg‘a bosiladi». (Tabaroniy rivoyati).

Iste’molda bo‘lgan muboh taqinchoqlardan zakot berilmaydi. Mulk yoki ijara hisobidagi taqinchoqlardan esa beriladi.

Hikoya


Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik,
«Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim.
Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop-qora bo‘lib ketgan edi. So‘zida davom etib aytdi: «Uni qaytadan ko‘mib, qaytib keldim.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling