Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq –


Download 158.58 Kb.
bet48/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq –
Qur’onga (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) kelmadimi?!»
(Hadid surasi, 16) dedi. «Ey qizim, sizlar ham Qur’onni bilasizlarmi?» deb so‘rasam,
«Ha, sizlardan ko‘ra yaxshiroq bilamiz», dedi. «Bu yerda nima qilasizlar?» «Biz musulmonlarning vafot etgan yosh bolalarimiz. Qiyomat kunigacha shu yerda sizlarni kutib yashaymiz». «Ey qizim, meni quvlab, halok etmoqchi bo‘lgan ajdar nima edi?» «Ey otajon, u sizning yomon amallaringiz. Uni kuchaytirib – ko‘paytirib yubordingiz. Shuning uchun sizni halok qilmoqchi bo‘ldi». «Haligi munkillagan chol kishi kim edi?» «U sizning yaxshi amalingiz. Uni zaiflashtirib – kamaytirib qo‘ydingiz. Shu bois yomon amalingizga uning kuchi yetmadi. Allohga tavba qiling. Halokatga uchraguvchilardan bo‘lmang».
Shunday deb u yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Men cho‘chib uyg‘ondim va darhol Allohga tavba qildim».

Ey birodar, xoh o‘g‘ildir, xoh qizdir yoshligida vafot etgan farzandning barakasini ko‘rib qo‘ying. Agar ota-ona savob umidida sabr qilar va «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchimiz», deyishar ekan, ular uchun Alloh va’da qilgan yana boshqa ko‘plab manfaatlar hosil bo‘ladi.



Fasl


Sobit Jumahiydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar birontangizga musibat yetsa, mendan (judo bo‘lgandagi) musibatini eslasin. Zero, bu eng katta musibatdir».

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonga yetgan har bir musibat, hattoki (badaniga) sanchilgan tikon sababli ham, Alloh uning gunohlarini o‘chiradi» (Muslim rivoyati).

«Biror kishiga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan» (Muttafaqun www.ziyouz.com kutubxonasi
51
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy alayh).

Ummu Salama (roziyallohu anho) aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Biror bandaga musibat yetsa va u: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchilarmiz. Ey Allohim, musibatim sababli menga ajr bergin va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin», desa, Alloh unga musibati sababli ajr ato qiladi.


Va uning o‘rniga yaxshirog‘ini beradi», deganlarini eshitgan edim. Erim Abu Salama vafot etgach, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sohiblari ichida Abu Salamadan ko‘ra yaxshiroq kim ham bor», dedim. Keyinroq Alloh dilimga solib, jur’at paydo bo‘ldi va shu duoni o‘qidim. Bir oz o‘tib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni o‘z nikohlariga oldilar» (Muslim rivoyati).

Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qabr tepasida yig‘lab o‘tirgan ayolning yonidan o‘taturib: «Allohdan qo‘rqqin, sabr qilgin», dedilar. Ayol u zotni tanimay: «Yo‘lingdan qolma, o‘zingning boshingga tushmagan-da», dedi. Ayolga, bu kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bo‘ladilar, deyishdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eshigiga keldi. U yerda eshikog‘alarni ko‘rmadi. «Uzr, sizni tanimapman», degan edi: «Ilk zarba chog‘idagi sabr sabrdir», dedilar Nabiy»


(Muttafaqun alayh).

Ya’ni, musibatning dastlabki lahzalaridagi sabr go‘zal sabrdir. Keyinroq esa hamma o‘z-o‘zidan yupanib qoladi.

Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Talhaning Umma Sulaymdan ko‘rgan o‘g‘li vafot etdi. Ummu Sulaym yaqinlariga: «To o‘zim aytmagunimcha, Abu Talhaga o‘g‘li haqida hech narsa demanglar», dedi. Abu Talha kelgach, kechki ovqatni keltirdi. U ovqatlandi.
So‘ng Ummu Sulaym unga odatdagidan yaxshiroq munosabatda bo‘ldi. Ular birga bo‘lishdi. Abu Talhani to‘ydirib, shahvatini qondirganidan so‘ng ayoli so‘radi: «Ey Abu Talha, nima deb o‘ylaysiz, agar bir kishi boshqa birovga omonatga biron narsa bersa, so‘ng uni talab qilsa, omonatni egasiga qaytarib bermaslikka haqqi bormi?» «Yo‘q».
«Unday bo‘lsa, o‘g‘lingiz uchun sabr etib, savob umid qiling». «Bulg‘anganimdan keyin bu xabarni aytyapsanmi?» dedi g‘azablanib Abu Talha. So‘ng borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan voqeani so‘zlar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh sizlarga shu kechangizni barakotli etsin», deya duo qildilar (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar bir bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalaridan: «Bandam farzandini oldilaringmi?» deb so‘raydi. Ular «Ha», deyishadi. «Qalb mevasini oldilaringmi?» deb so‘raydi. Ular: «Ha», deyishadi. «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi. Ular: «Senga hamd va istirjo’ aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandamga jannatda bir bino quringlar va uni «hamd uyi» deb nomlanglar», deydi» (Termiziy va Ibn Hibbon rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo aytadi: «Dunyoda yaxshi ko‘rgan odamining jonini olsamu, undan savob umid qilgan mo‘min bandam uchun huzurimda jannatdan bo‘lak mukofot yo‘q» (Buxoriy rivoyati).

Rivoyat qilinadi: «Allohning hukmiga rozi bo‘lish Odam farzandi uchun saodatdir.


Allohning hukmidan norozi bo‘lish Odam farzandi uchun badbaxtlikdir» (Termiziy rivoyati).

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling