Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Abu Mas’ud Badriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdadan umurtqasini tik qilib ko‘tarmagan kishining namozi namoz hisoblanmaydi» (Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyati). Boshqa bir rivoyatda: «Ruku’ va sajdalardan belini rostlamaguncha...» deyilgan. Bu hadis namoz o‘qiganda ruku’ va sajdalardan keyin belini rostlamagan kishining namozi botil ekaniga hujjat. Chunki har bir a’zo o‘rnida qaror topishi namozdagi farzlardandir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdalari orasida umurtqasini rostlamaydigan bandaga Alloh qaramaydi» (Imom Ahmad rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning namozi bunday: u quyoshni kuzatib o‘tiradi, o‘tiradi-da, u shaytonning ikki shohi orasiga kelgach, turib (qush donni cho‘qigandek) to‘rt marta yotib turadi va unda Allohni kamdan-kam eslaydi» (Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarni to‘liq qilmasdan namoz o‘qiyotgan kishini ko‘rdilar va: «Agar bu kimsa mana shu holatda o‘lib ketsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam millatidan boshqasida o‘lgan bo‘ladi», dedilar (Tabaroniy va Ibn Huzayma rivoyati). Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Boshqa bir rivoyatda: «Yettita (a’zo) bilan sajda qilishga, soch va kiyimni yig‘ib olmaslikka buyurildim: peshona va burun, ikki qo‘l, ikki tizza hamda ikki oyoq», deyilgan (Muslim, Nasoiy rivoyati). Kishi namoz o‘qiyotganda, qaysi a’zosining namozdagi haqini ado etmasa, to namoz o‘qib bo‘lgunicha o‘sha a’zo unga la’nat aytib turadi. Rivoyat qilinadiki, har bir namozxonning o‘ng tomonida bir farishta, chap tomonida bir farishta bo‘ladi. Agar u namozni to‘liq o‘qisa, namozni olib chiqib ketadilar. Agar to‘liq o‘qimasa, namoz bilan uning yuziga uradilar. Salmon Forsiy roziyallohu anhu aytganlar: «Namoz o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, vafo ko‘radi. Kim urib qolsa, Alloh urib qoluvchilar haqida nima deganini yaxshi bilasizlar.
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling