Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoyat
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozni tark etguvchilarning yuzlari qorayadi. Jahannamda «Lam-lam» nomli ilonlar darasi bo‘lib, har bir ilonning yo‘g‘onligi tuyaning bo‘ynidek, uzunligi bir oylik masofaga teng bo‘ladi. Ular namozni tark etguvchilarni chaqadilar. Uning zahari namozni tark etguvchining jismida yetmish yil qaynaydi-da, so‘ng uning go‘shtlari erib tushadi. HikoyatRivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo‘yib, so‘ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag‘firat etishini so‘rab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey Allohning payg‘ambari, men zino qilib, bola tug‘dim-da, so‘ng uni o‘ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi. Ayol payg‘ambar huzuridan qalbi o‘ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan ko‘ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so‘ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi. FaslAlloh taolo namozni vaqtidan kechiktirib o‘qishdan ogohlantirib aytadi: «So‘ng, ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta yomonlikka (ya’ni, yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar tavba qilib, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslarlar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59–60). Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Namozni zoe qilgan degani, uni butunlay tark etgani degani emas, balki namozni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qigan deganidir», deganlar. Tobe’inlar imomi Said ibn Musayyab rahmatullohi alayh aytganlarki: «U to asr bo‘lmaguncha peshinni o‘qimaydi. Asrni shomgacha, shomni xuftongacha, xuftonni bomdodgacha, bomdodni to quyosh chiqquncha o‘qimaydi». Shu holatga odatlangan ko‘yi vafot etgan va tavba qilmagan kimsaga Alloh «g‘oyy» bilan tahdid soldi. Foyy – jahannamdagi juda chuqur, o‘ta badbo‘y vodiydir. Alloh taolo boshqa bir oyatda:
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling