Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XOTINNING ERIGA ITOATSIZLIK QILISHI
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Alloh taolodan bizlarni O‘zi rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq aylashini, gunoh ishlardan yiroq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mag‘firatli va rahmli zotdir. O‘ttiz sakkizinchi gunohi kabira XOTINNING ERIGA ITOATSIZLIK QILISHIAlloh taolo aytadi:«Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, so‘ng (ya’ni, nasihatlaring kor qilmasa), ularni yotoqlarda tark qilingiz, (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang) so‘ngra (ya’ni, shunda ham sizlarga bo‘yinsunmasalar), uringlar! Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo‘lgan zotdir» (Niso surasi, 34). Vohidiy rahimahulloh aytganlarki: «Bu oyatdagi «itoatsizlik»dan murod – erga osiylik qilish, ya’ni, takabburlik bilan erining buyruqlariga xilof ish yuritishdir». Ato rahmatullohi alayh aytadilar: «U (ya’ni, itoatsizlik) – eri uchun o‘ziga oro bermaslik (xushbo‘ylik sepmaslik), o‘zi bilan huzurlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ilgarigi mute’lik holati o‘zgarib qolishidir. Unday xotinlarga Alloh Kitobi ila «pand-nasihat qilinglar», Alloh ularga buyurgan ishlarni eslatinglar». Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ularni yotoqlarda tark qilish – to‘shakda xotiniga orqasini o‘girib, gapirmay yotishidir», degan bo‘lsalar, Sha’biy va Mujohidlar: «Xotini bilan bir joyda yotmaslik, yaqinlashmaslik», deyishgan. Ularni urishdan murod qattiq, biron a’zosiga jarohat yetkazadigan qilib emas, bilaks sekin urishdir. Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Odob berish uchun kafti bilan ko‘ksiga turtish kabi», deganlar. Er xotinining itoatsizligini ushbu oyatda zikr qilinganiday, Alloh izn bergan suratda tuzatishi, bartaraf etishi lozim. «Agar sizlarga (talab qilgan narsalaringizda) itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Er xotinini to‘shagiga chorlagan vaqtda (xotini) kelmasa va eri undan norozi bo‘lib tunasa, to tong otguncha farishtalar u ayolni la’natlaydilar» (Muttafaqun alayh). Boshqa bir rivoyatda «Allohga qasamki, qaysi bir kishi xotinini to‘shagiga chorlasa-yu, xotini bosh tortsa, to eri undan rozi bo‘lmaguncha, osmondagi Zot undan rozi bo‘lmaydi», deyilgan (Muttafaqun alayh). Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling