Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
CHAQIMCHILIK Alloh taolo buyuradi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
CHAQIMCHILIKAlloh taolo buyuradi:«(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi (chaqimchi) kimsaga itoat etmang!» (Qalam surasi, 10–11). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Chaqimchi jannatga kirmaydi» (Muttafaqun alayh). www.ziyouz.com kutubxonasi 78 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Yana bir hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o‘taturib: «Bu ikkisi (ya’ni, qabrdagi mayyitlar) azoblanmoqda. Biroq katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi. Ikkinchisi chaqimchilik qilib, gap tashib yurardi», dedilar. So‘ng ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar va har bir qabrga bittadan bo‘lakni sanchib qo‘ydilar. «Ey Rasululloh, nima uchun bunday qildingiz?» deb so‘rashganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Shoyad bu novdalar qurigunicha, ulardan azob yengillatib turilsa», deya javob berdilar. (Muttafaqun alayh). «Biroq katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q» jumlasini qo‘yidagicha tushunish mumkin: bu ishlarni tark etish ular uchun juda qiyin emas edi yoki ularning nazarida juda qiyin emas edi. Shuning uchun boshqa bir rivoyatda: «Yo‘q, u katta gunohdir», deyilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Eng yomon insonlar – ularga bu yuzi bilan, bularga bu yuzi bilan boradigan ikki yuzlamachi kimsalar ekanini ko‘rasizlar» (Muttafaqun alayh). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimning bu dunyoda ikkita yuzi bo‘lsa, qiyomat kunida uning olovdan ikkita tili bo‘ladi» (Abu Dovud rivoyati). Rivoyat qilishlaricha, kim ikkita tilli bo‘lsa, Alloh qiyomat kunida unga olovdan ikkita til qilib beradi.
Imom Abu Homid Fazzoliy aytganlarki: «Odatda, birovning gapini ikkinchi kishiga: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», deya yetkazuvchi kimsaga «chaqimchi» deyiladi. Biroq chaqimchilik shuning o‘zi bilangina cheklanib qolmaydi. Chaqimchilik – ochilishi karih – sanalgan narsani ochishdir. Yomon ko‘ruvchi kim bo‘lishining farqi yo‘q: gapiruvchimi, gapiriluvchimi yoki gaplashuvchimi. U yoqimsiz narsa nima bilan kashf qilinishi ham farqsizdir: so‘z bilanmi, yozuv bilanmi, ishora bilanmi va hokazo. Chaqimchilik qilingan – tashilgan narsa so‘z bo‘ladimi yoki amal bo‘ladimi, ayb yoki boshqasi bo‘ladimi, barchasi barobardir». Chaqimchilikning mohiyati sirni fosh qilish va kashf qilinishi karih sanalgan narsani e’lon qilishdir. Inson boshqa insonlardan ko‘rgan har qanday narsasi haqida gapirishdan tilini tiyishi lozim. Gapirsa, musulmonlarga foydali yoki ma’siyatni daf qiladigan narsalarni aytishi mumkin. Kimga birov gap tashib kelib: «Falonchi sen haqingda bundoq dedi», desa, u kishi quyidagi oltita ishni qilishi lozim:
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling