Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Odamlar orasini isloh etishga targ‘ib qilish xususida


Download 158.58 Kb.
bet66/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Fasl


Odamlar orasini isloh etishga targ‘ib qilish xususida
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan – agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar – hech qanday foyda yo‘qdir. Kim Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa, unga ulug‘
mukofot berajakmiz» (Niso surasi, 114).
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ummu Habiba roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Odam farzandining har bir kalomi o‘ziga ziyondir. Magar yaxshilikka buyurish yo yomonlikdan qaytarish yoki Allohni zikr qilish bundan mustasno» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sufyon Savriyga yuqoridagi hadis haqida: «Bu hadis juda shiddatli ekanmi?!» deganida, u zot: «Alloh taoloning: «Ularning ko‘p maxfiy suhbatlarida hech qanday yaxshilik yo‘q. Magar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar orasini isloh qilishga...» degan kalomini eshitmaganmisan? Bu oyatga o‘sha hadis monanddir», deya javob berganlar.

Hadisi sharifda aytiladiki: «Yaxshilikni oshirib yoki yaxshi gapirib odamlar orasini isloh qiladigan kishi yolg‘onchi emas» (Buxoriy rivoyati).

Ummu Gulsum aytganlar: «Uch o‘rindan tashqari odamlar gapiradigan biron narsada (yolg‘onga) ruxsat berilganini eshitmadim». Uch o‘rin – urush, odamlar orasini isloh qilish va erning xotiniga yoki xotinning eriga oilani saqlab qolish uchun gapirishida ruxsat berilgan.

Sahl ibn Sa’d Soidiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Amr ibn Avf qabilasi orasiga sovuqchilik tushgani xabari keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari hamrohligida ular orasini isloh qilish uchun yo‘lga tushdilar» (Buxoriy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, namozga borish, nizolashganlar orasini isloh qilish yoki musulmonlar orasida joiz qasam ichishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.

Yana rivoyat qilishlaricha, kimda-kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh uning ishini isloh qiladi, gapirgan har bir so‘zi evaziga bir qul ozod qilganlik savobini beradi va u gunohlari kechirilgan holda qaytadi.

Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla.




O‘ttiz uchinchi gunohi kabira

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling