Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


ALLOHNING DO‘STLARI – AVLIYOLARGA OZOR BERISH


Download 158.58 Kb.
bet67/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

ALLOHNING DO‘STLARI – AVLIYOLARGA OZOR BERISH

Alloh azza va jalla aytadi:



«Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmaslaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi, 58).

«O‘zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni, ularga xush xulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)!» (Shuaro surasi, 215).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Kim mening do‘stimga dushmanlik qilsa, haqiqatda Men u bilan www.ziyouz.com kutubxonasi


74
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy jang qilishga kirishganimni bildirgan bo‘laman», dedi» (Buxoriy).

Boshqa bir rivoyatda: «Menga qarshi jangga kirishibdi», deyilgan.

Hadisda aytiladiki, Abu Sufyon bir necha sheriklari bilan Salmon, Suhayb va Bilol oldiga kelgan edi, ular: «Allohning qilichlari Allohning dushmanidan oladiganini hali olib bo‘lmadi», deyishdi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu ularga: «Quraysh oqsoqoli va sayyidiga shu gapni aytasizlarmi?!» dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ehtimol ularni g‘azablantirgandirsiz?! Bordi-yu ularni g‘azablantirgan bo‘lsangiz, shak-shubhasiz, Rabbingizni g‘azablantiribsiz», dedilar. Abu Bakr ularning oldiga kelib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirib qo‘ydimmi?!» deb so‘ragan edi, ular:
«Yo‘q, ey birodar, Alloh sizni mag‘firat qilsin», deya javob berishdi (Muslim rivoyati).

Fasl

Alloh taolo aytadi:



«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini – roziligini istab, U
zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting!» (Kahf surasi, 28).

Bu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: Barcha payg‘ambarlar bilan ro‘y berganidek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham dastlab faqir kishilar iymon keltirgan edilar. U zot Salmon, Suhayb, Bilol va Ammor ibn Yosir roziyallohu anhumlarga o‘xshagan faqir kishilar bilan majlis qurib o‘tirar edilar. Dastlab faqirlar ergashishi payg‘ambarlik alomati ekanini eshitgan mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagi faqir musulmonlarni haydatib yubormoqchi bo‘lishdi. Shu maqsadda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, atrofingdagi kambag‘allarni haydab yubor. Ular bilan birga o‘tirishdan biz jirkanamiz. Agar ularni haydab yuborsang, senga oliynasab, oliymaqom kishilar iymon keltiradi», deyishdi.


Bunga javoban Alloh taolo: «Ertayu kech Parvardigorining Yuzi – roziligini istab, Unga duo-iltijo qiladigan zotlarni atrofingizdan haydamang», oyatini tushirdi.

Faqir musulmonlarning haydalishidan umidlari uzilgan mushriklar, u zotga: «Ey Muhammad, agar ularni haydamasang, unda bir kunni ularga, bir kunni bizlarga tayin qil», deb shart qo‘yishdi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyati karimani nozil qildi:



«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini – roziligini istab, U zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)! Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi-nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang! Ayting: «(Bu Qur’on) Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf surasi, 28–29).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqirlarni ulug‘lar, hurmat qilar edilar. U zot Madinaga hijrat qilganlarida, faqir sahobalari ham hijrat qildilar va masjid supasiga joylashib, dunyo tashvishlaridan uzildilar. Ularga «Ashobi-suffa» – supa egalari deb nom berishdi. Hijrat qilib kelgan faqirlar ular safiga qo‘shilar va ular kundan kunga ko‘payar www.ziyouz.com kutubxonasi


75
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy edilar. Ular Alloh o‘z do‘stlari – avliyolariga hozirlagan ehsonga guvoh bo‘ldilar, unga iymon nuri ila boqdilar va borliqdagi biron narsaga dillari ketmadi. Aksincha, ular:
«Sengagina ibodat qilamiz, Sen uchun bo‘ysunib sajda qilamiz, Sening yordamingda rushdu hidoyatga erishamiz, Senga tavakkul etib suyanamiz, Sening zikring ila huzurlanib shod bo‘lamiz, Sening muhabbating maydonida sayru sayohat qilamiz, Sen uchun amal qilib, harakat etamiz va Sening eshigingdan hargiz ketmaymiz», dedilar.

Faqirlik ikki xil – umumiy va xos bo‘ladi.

Umumiy faqirlik – Alloh taologa muhtojlik bo‘lib, u barcha maxluqotlarning sifatidir. Bu Alloh taoloning: «Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar» (Fotir surasi, 15) oyati karimasining ma’nosidir.

Xos faqirlik – Allohning do‘stlari va suyuklilarining sifati bo‘lib, u Alloh azza va jalla bilan mashg‘ul bo‘lganligi, Unga qattiq berilganligi, Uning zikri ila ulfat bo‘lganligi sababli qo‘l va dilning dunyoga ehtiyoji yo‘qligidir.

Ey Allohim, bizni O‘zing suygan va rozi bo‘lgan amallarga muvaffaq ayla, bizni, ota-onamizni va barcha musulmonlarni mag‘firat qil.


O‘ttiz to‘rtinchi gunohi kabira


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling