Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Bordi-yu seni yomon deyishsa, demak yomonsan», dedilar (Bayhaqiy rivoyati). Rivoyat qilinishicha, kimdan-kim ahli (oila a’zolari) va mol-mulkidan qo‘rqib, qo‘shnisidan eshigini bekitsa, u mo‘min emas. Shuningdek, yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kishi ham mo‘min emas. Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan: «Zino haqida nima deysizlar?» deb so‘ragan edilar, ular: «U
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, qo‘shnisidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Bor, sabr qil», dedilar. Haligi kishi yana ikki yo uch marta keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oxiri: «Bor, matohlaringni ko‘chaga uloqtirib tashla», deb maslahat berdilar. So‘ng u kishi shunday qildi. Ko‘chadan o‘tayotgan kishilar undan nima uchun bunday qilganini so‘rashar, u esa qo‘shnisi haqida so‘zlab berar edi. Ular bu javobni eshitib, qo‘shnisini la’natlashar, ayrimlari duoibad qilishardi. Shunda qo‘shnisi kelib, unga: «Uyingga qaytaqol, bundan keyin sira mendan yomonlik ko‘rmaysan», dedi» (Abu Dovud, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati). Qo‘shni garchi zimmiy bo‘lsa ham, undan yetadigan ozoru aziyatlarga sabr qilish lozim. Rivoyat qilishlaricha, Sahl ibn Ubaydulloh Tustariyning zimmiy qo‘shnisi bo‘lib, uning hojatxonasidan Sahlning uyiga iflos-nopok narsalar sizib chiqar edi. Sahl har kuni uning tagiga bir idish qo‘yib qo‘yar, majusiyning hojatxonasidan chiqqan narsalar idishga to‘planar va kechqurun hech kim ko‘rmaydigan joyga olib borib tashlanar edilar. Sahl hazratlari uzoq muddat shu taxlit ish yuritdilar. Vafotlari yaqinlashgach, majusiy qo‘shnisini chorlab: «Mana bu uyga kirib, bu yerda nima borligini ko‘rib qo‘y», dedilar. U kirib idishga tushayotgan iflos, nopok narsalarni ko‘rdi va: «Bu nima?» deb so‘radi. «Bu uzoq muddatdan beri hovlingdan mana shu uyga tushadi. Uni kunduzlari shu idishga to‘plab, kechalari olib chiqarib tashlar edim. Mabodo, ajalim yaqinlashib qolmaganida, buni senga aytmas edim. Boshqa biron kishining xulqi buni o‘ziga singdira olmasligidan qo‘rqdim. Endi xohlaganingni qil», dedilar. Shunda majusiy: «Ey shayx, men kofir bo‘lsam ham, uzoq vaqtdan beri menga shunday go‘zal munosabatda bo‘lib kelayotgan edingizmi?! Qo‘lingizni bering, men Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik beraman», deb musulmon bo‘ldi. Sahl roziyallohu anhu shundan so‘ng vafot etdilar. Alloh taolodan barchamizni xulqlarning, amallarning va so‘zlarning eng go‘zallariga yo‘llamog‘ini tilaymiz. Albatta, U saxovatli, mehribon va rahmli zotdir. Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling