Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoyat
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Men jannat eshigini birinchi bo‘lib ochuvchi shaxsman. Faqat bir ayol mendan ildamroq ekanini ko‘raman. Undan: «Sen kimsan?» deb so‘rayman. U: «Men yetimlarimga qarab o‘tirgan ayolman», deydi» (Abu Ya’lo rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qalbi qattiqligidan shikoyat qildi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Yetim boshini sila va miskinga taom ber», dedilar» (Ahmad rivoyati, sahih hadis). HikoyatSalaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim, hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da, Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat ko‘rsatishga sarfladim». Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytganlarki: «Uylarning yaxshisi unda yetim bo‘lib, unga yaxshilik qilinadigan uydir. Uylarning yomoni unda yetim bo‘lib, unga yomonlik qilinadigan uydir. Alloh taologa bandalarining eng suyuklisi yetim yoki bevaga yaxshilik qilgan kishidir». Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga: «Ey Dovud, yetimga mehribon otadek, bevaga shafqatli erdek bo‘l. Bilginki, nima eksang shuni o‘rasan», deb vahiy qilgan. Ya’ni, boshqaga qanday munosabatda bo‘lsang, senga ham shunday munosabatda bo‘lishadi. Bir kun kelib sen ham vafot etasan va yetim farzanding yoki beva ayoling qoladi. Dovud (a.s.) o‘z munojotlarida: «Ey Ilohim, roziligingni istab yetim va bevani qo‘llab-quvvatlagan kishining mukofoti nima?» deb so‘ragan edilar, «Mukofoti – soyamdan o‘zga soya yo‘q kunda soyamga olishimdir», deya javob berdi. Ma’nosi, qiyomat kunida arshim soyasida bo‘ladi, deganidir.
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling