Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
ZARARLI VASIYAT QILISH Alloh taolo aytadi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- OMONATGA XIYONAT QILISH
ZARARLI VASIYAT QILISHAlloh taolo aytadi:«(Bu taqsimotlar) merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan holda qilinagan vasiyat va qarzlar ado qilinganidan keyin bo‘lur. (Ya’ni, vasiyat merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan bo‘lishi lozim. Yo‘q qarzni vasiyat qilish – zararli vasiyatdir.) (Bu hukmlar) Alloh tomonidan bo‘lgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir». Ya’ni, Alloh zararli vasiyatni ham, boshqasini ham, bilguvchidir, osiylarni jazolashga shoshilmaydigan halimdir. «Mana shu Allohning (belgilab qo‘ygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o‘sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta saodatdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 12–14). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi yoki ayol oltmish yil Alloh toatida amal qiladi. So‘ng ularga o‘limlari hozir bo‘lib, zararli vasiyat qiladilar-da, do‘zaxga mahkum bo‘ladilar». So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu Niso surasining 13–14-oyatini o‘qidilar (Abu Dovud, Termiziy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haqiqatda Alloh har bir haqdorga o‘z haqini www.ziyouz.com kutubxonasi
Rivoyat qilishlaricha, kim vorisining merosini olib qochsa (ya’ni, merosidan mahrum qilsa), Alloh qiyomat kunida uning jannatdagi merosini uzib qo‘yadi. O‘ttiz beshinchi gunohi kabira OMONATGA XIYONAT QILISHAlloh taolo marhamat qiladi:«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan hollaringizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!» (Anfol surasi, 27). Vohidiy rahimahulloh aytadilar: «Bu oyat Abu Luboba xususida nozil bo‘lgan. Bani Qurayza yahudiylari qamal qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini ularga elchi qilib jo‘natgan edilar. U kishining ahli va farzandlari Bani Qurayza yahudiylarining orasida edi. Ular undan: «Ey Abu Luboba, bordiyu Sa’dning hukm qilishiga rozi bo‘lsak, nima bo‘ladi deb o‘ylaysan?» deya so‘rashdi. Abu Luboba tamog‘iga ishora qildi, ya’ni, so‘yadi, demoqchi bo‘ldi. Bu ishi bilan u Alloh va Rasuliga xiyonat qilgan edi. Abu Lubobaning o‘zi: «Turgan joyimdan qo‘zg‘almay turib, Alloh va Rasulga xiyonat qilganimni bildim», degan edi». Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Omonatlar – Alloh omonat qilib bergan amallar, ya’ni farzlardir». Kalbiy aytadilar: «Alloh va rasuliga xiyonat qilish ularga osiylik qilishdir. Har bir inson Alloh farz qilgan ishlarda omonatdordir, xohlasa xiyonat qiladi, xohlasa ado qiladi, uni Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi». Ya’ni, bu va boshqa har qanday omonatga xiyonat qilmaslik darkor.
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling