www.ziyouz.com kutubxonasi
111
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir», deganlar.
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Uch toifa odam jannatga kirmaydi: «Mast qiluvchi narsaga odatlanib qolgan kimsa, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani uzgan kimsa va sehrni tasdiqlovchi kimsa» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Albatta, dam solish (afsun o‘qish), tumor taqish va issiq-sovuq qilish shirkdir» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Kimki tumor yoki munchoq taqib, bu ko‘z tegishidan saqlaydi, deb e’tiqod qilsa shirk keltirgan bo‘ladi.
Issiq-sovuq Alloh taolo bitgan taqdirga ta’sir etadi, deb e’tiqod qilishadi. Bu esa shirkdir.
Xitobiy roziyallohu anhu aytadilr: «Agar Qur’on yoki Alloh taoloning ismlari bilan dam solsa, bu mubohdir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarga dam solib: «Sizlarni Allohning to‘liq kalimalari ila har bir shaytonu hasharotdan va har bir yomon ko‘zdan O‘z panohida saqlashini so‘rayman», der edilar» (Hokim rivoyati).
Alloh panoh so‘ralguvchi zot, suyanishga loyiq zot ham Udir.
Elliginchi gunohi kabira
Alloh taolo aytadi:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko‘z, dil –
bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)»
(Al-Isro surasi, 36).
Bu oyatning tafsirida Kalbiy: «Bilmagan narsang haqida gapirma», degan bo‘lsalar, Qatoda: «Eshitmagan narsangni eshitdim, ko‘rmagan narsangni ko‘rdim va bilmagan narsangni bildim, demagin», deganlar.
«Chunki quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», oyatini tafsir qilib, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Alloh bandalaridan bu a’zolarni qanday ishlarga ishlatganini so‘raydi», deganlar.
Bu oyati karima halol bo‘lmagan narsaga qarash, harom narsani eshitish va joiz bo‘lmagan narsani iroda qilishdan qaytarishga hujjat bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |