Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet98/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
113
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ellik birinchi gunohi kabira
BOSHLIQNING QO‘L OSTIDAGILARNI ALDASHI VA ULARGA ZULM QILISHI Alloh taolo aytadi:

«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir.
Ana o‘shalar uchun alamli azob bordir» (Sho‘ro surasi, 42).

«(Ey Muhammad), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil», deb o‘ylamang!» (Ibrohim surasi, 42).

«Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar» (Shuaro surasi, 227).
Bu tahdid har qanday zolimga taalluqlidir. Ya’ni, zolim kimsalar xunuk, yomon oqibatga
– azobga, do‘zaxga qarab ketmoqdalar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bizni aldasa, u bizdan emas»


(Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zulm qiyomat kuni zulmat bo‘lur» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har biringiz nozir (boshliq) va qo‘l ostingizdagilar xususida mas’uldirsiz» (Muttafaqun alayh).

Abdulloh ibn Mug‘affal roziyallohu anhu aytadilar: «Guvohlik berib aytamanki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qaysi bir boshliq yoki hokim qo‘li ostidagilarni aldagan holda bir qorong‘u tunni o‘tkazsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», deganlarini eshitdim» (Tabaroniy rivoyati).

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Alloh azza va jalla qaysi bandani bir raiyyatga boshliq qilib qo‘ysa va u raiyyatini aldagan holda vafot etsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», deganlarini eshitdim»
(Muttafaqun alayh).
Boshqa bir rivoyatda: «... u jannat hidini ham hidlamaydi», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki o‘nta odamga amir bo‘lsa, u qiyomat kunida kishanlangan holda keltiriladi. Alal-oqibat, uni adolat xalos etadi yoki jabr-zulm halok qiladi» (Bazzor, Tabaroniy rivoyati).


Ya’ni, odil bo‘lgan bo‘lsa, kishandan najot topadi, zolim bo‘lgan esa, halok bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Amirlarning holiga voy, oriflarning holiga voy, aminlarning holiga voy. Qiyomat kuni kokillaridan Surayyo (yulduzi)ga ilinib, yer bilan osmon orasida muallaq turgan kimsalar: «Bironta ishga ham boshchilik qilmaganimizda edi», deb orzu qiladilar» (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat kuni shunday bir soat keladiki, unda odil qozi: «Ikki kishi orasida bir meva xususida www.ziyouz.com kutubxonasi
114
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy bo‘lsa-da, sira hukm chiqarmaganimda edi», deb orzu qiladi», deganlarini eshitdim»
(Ahmad, Ibn Hibbon rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, kimki ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularni mashaqqatga qo‘ysa, uni Sen ham mashaqqatga qo‘y. Kimki ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularga mehribonlik qilsa, unga Sen ham mehribonlik qilgin», der edilar (Muslim, Nasoiy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kimni musulmonlarning bironta ishiga rahbar qilib qo‘ysa-yu, u musulmonlarning ehtiyojlari, muhtojliklari va faqirliklaridan ko‘z yumsa, Alloh qiyomat kunida uning ehtiyoji, muhtojligi va faqirligidan ko‘z yumadi» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kimki ularning huzuriga kirib, yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. Va u hovuzga yaqin kelmaydi. Kimki ularning huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan va men ham undanman. Va u hovuzga keladi» (Termiziy rivoyati).

Abu Umoma roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatimdan ikki toifasi hargiz shafoatimga noil bo‘lmaydi: «Zolim, adolatsiz rahbar hamda har bir yovuz murtad» (Tabaroniy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kuni eng qattiq azobga duchor bo‘ladigan do‘zaxiy –


payg‘ambarni o‘ldirgan yoki payg‘ambar tomonidan o‘ldirilgan kimsa va haq yo‘ldan adashgan rahbar» (Bazzor rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki odamlarga rahm qilmas ekan, unga Alloh ham rahm qilmaydi» (Tabaroniy).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan qo‘rq. Zero, uning duosi bilan Alloh orasida hijob – to‘siq yo‘qdir», deganlar (Muttafaqun alayh).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kunida uch toifa odam bilan gaplashmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi ham», deb ulardan biri yolg‘onchi podshoh ekanini bayon qilganlar (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlar yaqinda amirlikka qiziqib qolasizlar. Holbuki, u qiyomat kunida nadomatga sabab bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati).

Yana bir hadisi sharifda: «Biz bu ishga (amirlikka) uni so‘ragan kishilarni ham, unga qiziqqan kishilarni ham tayinlamaymiz», deyilgan.

Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Amirlikni so‘rama. Agar unga so‘ramasdan yetishsang, uni qo‘llab-quvvatlaysan. Bordi-yu, unga so‘rab yetishsang, unga suyanib qolasan», dedilar»
(Buxoriy va Muslim rivoyati).


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling