Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Parvardigoringiz (ahli-egalari) zolim bo‘lgan shaharlarni ushlaganida, mana shunday ushlar. Uning ushlashi – azobi alamli va qattiqdir» (Muttafaqun alayh).
«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l bordir» (Sho‘ro surasi, 42).
«Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar» (Shuaro surasi, 227). Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zulmdan saqlaninglar. Zero, zulm qiyomat kuni zulmat bo‘lur. Ziqnalikdan saqlaninglar. Zero, ziqnalik sizlardan oldingilarni halok etdi – ularni o‘zaro qonlarini to‘kishga va harom ishlarni halol qilishga olib keldi» (Muslim rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Parvardigor azza va jalla aytadi: «Ey bandalarim, Men O‘zimga zulmni harom qildim va uni sizlarning orangizda ham harom qildim. Bas, bir-biringizga zulm qilmanglar» (Muslim, Termiziy, Ibn Moja rivoyati). Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh zolimga uzoq umr beradi. Uni ushlagan vaqtda esa, qutula olmaydi», dedilar va Hud surasining 102-oyatini o‘qidilar:
Xavla binti Omir Ansoriya roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ayrim kishilar Allohning moliga tajovuz qiladilar. Qiyomat kuni ularga do‘zax bo‘lur», deganlarini eshitdim» (Buxoriy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l, zero, uning duosi bilan Allohning orasida parda-to‘siq yo‘qdir», degan edilar» (Muttafaqun alayh). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bir birodarining nomusi yoki boshqa narsasiga zulm qilgan bo‘lsa, dinoru dirham bo‘lmaydigan (kundan) ilgari qutulib olsin. Aks holda, uning yaxshi amallaridan zulmiga yarashasi mazlumga olib beriladi. Bordi-yu, yaxshiliklari bo‘lmasa, mazlumning yomonliklaridan olinib, unga yuklanadi» (Buxoriy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muflis (o‘ta miskin, nochor) kimligini bilasizlarmi?» deb so‘ragan edilar, sahobalar: «Bizning nazdimizda chaqasi ham, matosi ham yo‘q kishi muflisdir», deya javob berishdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mening ummatimdagi muflis shunday kishiki, u qiyomat kuni namozi, ro‘zasi va zakoti bilan keladi. Keladi, biroq kimnidir haqorat qilgan, boshqasini badnom etgan, www.ziyouz.com kutubxonasi
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim qarich yer ustida zulm qilsa (o‘ziniki qilib olsa), o‘sha yerning yetti qavati uning bo‘yniga osib qo‘yiladi» (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Minoda xitob qilib: «Ogoh bo‘linglarki, Alloh sizlarga qonlaringizni va mollaringizni ushbu kuningiz va ushbu oyingiz hurmati kabi harom (hurmatli) qildi. Yetkazdimmi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishgach, uch marotaba: «Ey Allohim, O‘zing guvoh bo‘l», dedilar» (Buxoriy rivoyati). Abdulloh ibn Unays roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kuni bandalarni (yoki insonlarni) yalong‘och, xatna qilinmagan va yo‘qsil holda tiriltiradi», dedilar. Biz: «Yo‘qsillik nima?» deb so‘ragan edik, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ularning hech narsasi bo‘lmaydi. So‘ng ularga uzoqdagi kimsa ham yaqindagi kimsa kabi eshitadigan ovozda: «Men hakamman, men podshohman. Bironta do‘zaxiyning bironta jannatiyda haqqi bo‘lsa, to unga qasosini olib bergunimcha do‘zaxga tushishi joiz emas. Va bironta jannatiyning bironta do‘zaxiyda haqqi bo‘lsa, hattoki bir tarsaki bo‘lsa-da, unga ham qasosini olib bermagunimcha jannatga kirishi joiz emas», deb nido qiladi», dedilar (Ahmad rivoyati). Huzayma ibn Sobit roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Mazlumning duosidan saqlaninglar. Zero, u bulutda ko‘tariladi. Alloh:
Jobir aytadilar: «Dengiz muhojirlari qaytib kelgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Habash yerida ko‘rgan narsalaringizdan ajoyibini gapirib bermaysizlarmi?» dedilar. Bir yigit: «Aytib beramiz, yo Rasululloh» deb, so‘z boshladi: «Bir joyda o‘tirgan edik. Yonimizdan boshida bir ko‘za suv ko‘targan rohiba kampir o‘tdi. U yerlik bir yigit turgan edi. U bir qo‘lini kampirning kuraklari orasiga qo‘yib itarib yubordi. Kampir cho‘kkalab qoldi, ko‘zasi sindi. O‘rnidan turib unga qaradi-da: «Yaqinda bilasan, ey zolim! Alloh kursini qo‘yib, avvalgilaru oxirgilarni to‘playdigan, qo‘l va oyoqlar qilib o‘tgan ishlarini so‘zlaydigan kunda Uning huzurida sen bilan mening holim qanday bo‘lishini bilib olasan!» dedi». Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rost aytibdi, rost aytibdi. Kuchlilardan zaiflarining haqqi olib berilmaydigan ummatni Alloh qanday qilib aziz qilsin», dedilar» (Ibn Moja rivoyati). Rivoyat qilishlaricha, besh toifa odamdan Alloh g‘azablanadi. Xohlasa, Uning azobi shu dunyoning o‘zida beriladi. Xohlasa, oxiratda ularni do‘zaxga hukm qiladi. Ular: bir qavmning boshlig‘iki, rayiyatidan o‘z haqqini to‘la-to‘kis oladi, o‘zi esa ularga insof qilmaydi, ularni zolimlardan himoya qilmaydi; bir qavmning yetakchisiki, odamlar unga itoat etishadi, u esa kuchli bilan kuchsizni teng ko‘rmaydi va havoi nafsidan gapiradi; bir kishiki, ahlini va bolalarini Allohga itoat etishga buyurmaydi, ularga diniy ishlarni o‘rgatmaydi; bir kishiki, mardikor yollab ishini qildiradi-da, haqini to‘liq bermaydi; bir kishiki, xotiniga mahri borasida zulm qiladi. Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling