Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alloh taolo: «Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi (muazzin): «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», deb jar solur»
FaslQurbi yetaturib, qarzini to‘lamay yurish ham katta zulmdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Boyning (qarzni to‘lashni) paysalga solishi zulmdir» (Muttafaqun alayh). Yana bir rivoyatda: «Qodir odamning (qarzni to‘lashni) paysalga solishi zulm bo‘lib, uning sha’niga yomon gap aytish va jazolash (hibsga olish) halol bo‘ladi», deyilgan (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati). FaslAyolning mahr, nafaqa, kiyim-kechak ta’minoti kabi haqlariga tajovuz qilish ham www.ziyouz.com kutubxonasi 120 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy zulmdir. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaramog‘idagilarni zoe qilish (qarovsiz tashlab qo‘yish) kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya qiladi» (Abu Dovud, Nasoiy, Hokim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh har bir boshliqdan qo‘l ostidagilarni saqlaganmi yoki zoe qilganmi, albatta, so‘raydi. Hattoki kishidan ahli oilasi haqida so‘raladi» (Ibn Hibbon rivoyati).
FaslMardikor ishlatib haqini bermaslik ham zulmdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo dedi: «Men uch toifa odamga xusumatchi – raqibman va kimga xusumatchi bo‘lsam, uni aniq yengaman. Ular: Mening nomim bilan berilgan narsaga xiyonat qilgan kimsa, hur odamni sotib pulini yegan kimsa, mardikor yollab, ishini qildirib, haqini bermagan kishi» (Buxoriy rivoyati). Yahudiy yoki nasroniyga zulm qilgan, xorlagan, toqatidan tashqari ishni buyurgan yoki biron narsasini norozi qilib olgan kimsa ham mazkur hadisdagi insonlar sirasiga kiradi. Zimmasidagi qarzni inkor qilib yolg‘on qasam ichish ham zulmdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib, musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib etib, jannatni harom qiladi», dedilar. «Yo Rasululloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh). Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida birinchi bo‘lib er-xotin janjallashadi. Allohga qasamki, xotinining tili gapirmaydi. Balki qo‘l-oyoqlari bu dunyoda eriga qilgan sarkashliklari haqida guvohlik beradi. Erning qo‘l-oyoqlari ham u xotinini qanday boshqargani haqida guvohik beradi. So‘ng kishi va xizmatkorlari orasida mana shunday tortishuv bo‘ladi. Ulardan dinoru dirham olinmaydi. Biroq zolimning yaxshiliklari mazlumga olib beriladi, mazlumning yomonliklari zolimga yuklanadi. So‘ng zo‘ravonlar oldiga temir gurzi ko‘targan (farishtalar) keladi va: «Ularni do‘zaxga haydanglar», deyiladi. Shurayx Qoziy aytgan ekanlar: «Zolim jazo-uqubatni, mazlum esa nusratu savobni kutib turganini zolimlar yaqinda bilib oladilar». Rivoyat qilishlaricha, Alloh bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, unga zulm qiladigan kimsani boshliq qilib qo‘yadi. Tovus Yamoniy Xalifa Hishom ibn Abdulmalikning huzuriga kirdilar va unga: «Azon kuni borasida Allohdan qo‘rqing», dedilar. Hishom: «Azon kuni qaysi?» deb so‘ragan edi, u zot: «Alloh taolo: «Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi (muazzin): «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», deb jar solur», degan-ku», dedilar. Buni eshitgan Hishom hushidan ketdi. Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling