www.ziyouz.com kutubxonasi
121
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Fasl
Zolimlarga aralishib yurish va yordam berishdan qaytarish haqida Alloh taolo aytadi:
«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga moyil bo‘lmanglar...»
Ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyatni «Ularga yaxshi gapirib, yaxshi ko‘rib butunlay berilib ketmanglar», deb tafsir qilgan bo‘lsalar, Suddiy va Ibn Zayd: «Zolimlarga tilyog‘lamalik qilmanglar», Abu Oliya esa: «Ularning amallaridan rozi bo‘lmanglar», deb tafsir qilishgan. Ikrima: «Ularni yaxshi ko‘rib itoat etishdan qaytarmoqda», deganlar.
«...Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (zolimlarga ergashsangizlar), sizlarga yordam berilmas» (Hud surasi, 113).«... Keyin (zolimlarga ergashsangizlar), sizlarga yordam berilmas» (Hud surasi, 113).
Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Sizlarni Allohning azobidan saqlovchi hech kim yo‘q», deb tafsir qilganlar.
«(Ey farishtalar, sizlar) zolim-kofir bo‘lgan kimsalar va ularning hamtovoqlarini (ergashuvchilarini) to‘planglar...» (Vas-soffot surasi, 22).
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kim ularning huzuriga kirib yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. U
hovuzga yaqin kelmaydi. Kim ularning huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan va men ham undanman. U hovuzga keladi»
(Termiziy rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha, kim zolimga yordam bersa, zolim unga ho‘jayin bo‘lib qoladi.
Said ibn Musayyab aytgan ekanlar: «Solih amallaringiz kuyib ketmasligi uchun zolimlarning yordamchilariga faqat qalbingiz bilan inkor qilgan holdagina nazar tashlanglar».
Makhul Dimashqiy aytganlar: «Qiyomat kuni bir jarchi: «Zolimlar va ularning yordamchilari qani?» deb nido qiladi. Shunda zolimlarning xatcho‘pini siyohga botirib bergan yoxud qalamini uchlab bergan va yo bundan boshqa xizmat qilgan har bir kimsa ular bilan hozir bo‘ladi. So‘ng ular olovdan bo‘lgan tobutga to‘planadilar-da, jahannamga uloqtiriladilar».
Bir tikuvchi kishi Sufyon Savriydan: «Men sultonning kiyimlarini tikib beraman. Ayting-chi, men zolimlarning yordamchilaridanmi?» deb so‘ragan edi, «Yo‘q, sen zolimning o‘zisan. Senga ip-igna sotadigan kishi zolimlarning yordamchilaridandir», deb javob berdilar.
Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kuni do‘zaxga birinchi bo‘lib, zolimlar huzurida odamlarni savalaydigan qamchili kimsalar kiradi.
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytganlar: «Zolimlarning yordamchilari va mirshablar qiyomat kunidagi do‘zax itlaridir».
Do'stlaringiz bilan baham: |