Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati). Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin, biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi» (Abu Dovud rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar-yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin», deganlar (Muslim rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et», deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib, unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir», dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati). Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr – yaxshilik bo‘lmaydi. Ey Allohim, bizga lutf marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin. O‘ttiz oltinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling