Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang!» (Baqara surasi, 188). 
Ya’ni, boshqalarning haqqini sizlarga o‘zlashtirib berishlari uchun hokimlarga pora 
bermanglar. 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda 
pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natladilar» (Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim 
rivoyati). 
Yana bir rivoyatda: «O‘rtadagi kishini ham», deyilgan. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Ummu Salama roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Bironta hukmda pora beruvchini ham, pora oluvchini ham Alloh la’natlasin» 
(Tabaroniy rivoyati). 
Ulamolar aytganlarki: «Pora beruvchining maqsadi musulmonga ozor yetkazish yoki haqi 
bo‘lmagan narsani qo‘lga kiritish bo‘lsa, u mal’undir. Bordi-yu, o‘zining haqqini qo‘lga 
kiritishi yoki o‘zidan zulmni daf qilish uchun pora bersa, u mal’un bo‘lmaydi. Hokim esa 
biron bir haqni bekor qiladimi yoki zulmni daf qiladimi farqi yo‘q, uning pora olishi 
haromdir. O‘rtasidagi kishi esa pora beruvchi kabi maqsadiga qarab baholanadi. Agar 
niyati yaxshi bo‘lsa, mal’un bo‘lmaydi. Bordi-yu niyati yomon bo‘lsa, u mal’undir». 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Hukmdagi pora kufrdir. Odamlar orasidagi esa 
haromdir» (Tabaroniy rivoyati). 
Fasl 
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim bir birodari uchun vositachilik qilsa-yu, buning evaziga unga hadya berganda 
hadyani qabul qilsa, batahqiq, u sudxo‘rlikning katta eshiklaridan biriga yaqinlashibdi», 
dedilar» (Abu Dovud rivoyati). 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Birodaringning hojatini bilib, uni ravo qilsang-u, 
(buning evaziga) senga hadya berganda, qabul qilsang, bu ishing haromdir». 
Masruq (rahmatullohi alayh) Ibn Ziyod bilan gaplashib, uni zulmdan qaytardilar. Shunda 
zulmdan xalos bo‘lgan kishi u zotga xizmatkor hadya qilgan edi, qabul etmadilar va: 
«Ibn Mas’udning: «Kimki musulmondan zulmni daf etsa-yu, buning evaziga unga oz yoki 
ko‘p narsa bersa, u narsa haromdir», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon, 
faqat hukmdagi porani harom, deb o‘ylardik», degan edi, u zot roziyallohu 
anhu: «U kufrdir», deya javob bergandilar», dedilar. 
Allohdan barcha balo-ofatlardan sog‘-salomat saqlashini so‘raymiz. 
Imom Abu Amr Avzo’iy (rahmatullohi alayh) Bayrutda yashayotgan chog‘larida 
huzurlariga bir nasroniy keldi-da: «Ba’labakka (shahrining) hokimi menga zulm qildi. 
Unga bir maktub yozib bersangiz», deb bir ko‘za asal uzatdi. Avzo’iy (rahmatullohi 
alayh): «Xohlasang asalni qaytarib, maktub yozib beraman, xohlasang asalni olaman», 
dedilar. So‘ngra hokimga: «Bu nasroniyning yer solig‘ini kamaytir», deb maktub yozib 
berdilar. U asal bilan maktubni olib, hokimga uchrashdi va unga maktubni berdi. 
Imomning sharofati sababli hokim undan o‘ttiz dirhamni olib tashladi. 
 
Oltmish beshinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling