Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
156
Sahobalarning fazilatu martabalarini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Sunnat ulamolari
eng afzal sahobalar «asharai mubashshara» (jannatiyligi bashorat qilingan o‘nta sahoba)
ekanligiga va ularning eng afzali Abu Bakr Siddiq, so‘ng
Umar ibn Xattob, so‘ng Usmon
ibn Affon, so‘ng Ali ibn Abu Tolib ekanligiga ijmo’ qilganlar. Bu narsada faqatgina
munofiq, bid’atchi, nopok kimsagina shubhalanadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening sunnatimni va hidoyatlangan, haq
yo‘lda yuruvchi xalifalarimning sunnati mahkam tutinglar.
Uni oziq tishlaringiz bilan
tishlanglar. Yangi paydo bo‘lgan (ya’ni, bid’at) ishlardan saqlaninglar», deganlar (Abu
Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).
«Oziq tishlaringiz bilan tishlanglar», degani,
sunnatni mahkam ushlanglar, unga
intilinglar, haris – ishtiyoqli bo‘linglar, kabi ma’nolarni anglatadi.
Haq yo‘lda yuruvchi xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhumlardir.
Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilatlari xususida Alloh taolo bir qancha oyatlar
tushirgan. Jumladan:
«Sizlardan fazl va keng mol-davlat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va
muhojirlarga Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin» (Nur surasi,
22).
Bu oyat Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida tushganiga ixtilof yo‘q. Alloh taolo u zotni
«fazl egasi» deb sifatladi.
«O‘shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: «Famgin bo‘lma,
albatta, Alloh biz bilan birgadir», deyishi bilan, Alloh O‘z tomonidan uning
ustiga – qalbiga bir xotirjamlik tushirdi...» (Tavba surasi, 40).
Ushbu oyat ham Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida ekanligida ixtilof yo‘q. Alloh taolo u
zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamrohi – sahobasi ekanligini bayon qilib,
xotirjamlik xushxabarini berdi va ikkovlonning ikkinchisi deb ulug‘ladi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytmoqchi: «Uchinchilari Alloh bo‘lgan ikkovlonning
ikkinchisidan afzalroq kim bor?!»
«Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni, Muhammad) va uni tasdiq etgan zot
(mo‘minlar) – ana o‘shalar taqvodor zotlardir» (Zumar surasi, 33).
Ja’far Sodiq aytgan ekanlar: «Rost – Qur’onni keltirgan zot Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam va uni tasdiqlagan zot Abu Bakr roziyallohu anhu ekanliklarida ixtilof yo‘q».
Sahobalar orasida bundan ortiq martaba bo‘lishi mumkinmi?!
Alloh ulardan rozi bo‘lsin.
Forumda online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.0
www.ziyouz.com
-2007