Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini
kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi» (Niso surasi, 116). «Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur, uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas» (Moida surasi, 72). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar, hattoki, biz, qaniydi to‘xtalsalar, dedik» (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on gapirish eng katta gunohi kabiralardan ekanini aytdilar. Holbuki, bu gunohlar yettita halok qiluvchi Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 4 gunohlar sirasida sanalmagan. Gunohi kabiralar yettitadan ko‘p ekaniga shuning o‘zi yaqqol hujjatdir. Har qanday gunohdan, u xoh katta bo‘lsin, xoh kichik, darhol tavba qilish vojib, tavbani orqaga surish joiz emas. Bu ish Islomning eng muhim jihati va dinning ta’kidlangan qoidalaridandir. Ahli sunna nazdida tavbaning vojibligi Kitob va sunnatdan olingan. Qur’oniy hujjatlar, hadisi shariflar va salafi solihlar so‘zlarining zohiri shuki, kim Allohga astoydil tavba qilsa va unda tavba shartlari to‘kis bo‘lsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Taassufki, islom ummatining aksariyati amalining gunohi kabira, harom ekanini bilmaydi. Bu boradagi ta’qiq va tahdidlar ularga yetib bormagan. Shuning uchun olim odam johillarga tezlik, qo‘pollik qilmasdan, Alloh o‘ziga ta’lim bergan narsalarni ularga bildirishi, shirinsuxan va xushmuomala bo‘lishi lozim. Chunki banda bilmagan narsasi uchun gunohkor bo‘lmaydi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling