www.ziyouz.com kutubxonasi
81
shaytonning amali vasvasa bilan bo‘lsa, chaqimchining amali bevosita bo‘ladi.
Hikoyat
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko‘rib qoldi. Egasi: «Uning
chaqimchilikdan boshqa aybi yo‘q», deb jar solar edi. Kishi g‘ulomning aybini pisand
qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo‘jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning
xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o‘ynash tutmoqchi. U
sizni yaxshi ko‘rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o‘ylagan niyatidan qaytishini istasangiz,
unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib
olingda, ularni asrab qo‘ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo‘p», dedi va eri uxlagach,
quli o‘rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g‘ulom xo‘jayinining oldiga kelib: «Xojam,
bekam o‘ziga o‘ynash tutib, unga juda o‘rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos
bo‘lmoqchi, bu kecha sizni so‘yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda
kechqurun o‘zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so‘yish uchun qo‘lida biron
narsa ko‘tarib kelayotganini ko‘rasiz», dedi. Xo‘jayini unga ishondi. Qorong‘u tushgach,
o‘zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun
ustara ko‘tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo‘lib, engashgan kuyi qo‘lini erining
tomog‘iga cho‘zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so‘yib tashladi.
Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o‘ldirdi va ikki urug‘ orasida
qirg‘in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg‘onchi qulning kasofati bilan shunday
falokat ro‘y berdi.
Shu bois Alloh taolo chaqimchini «fosiq» deb nomlagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |