Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Va albatta, Alloh xoinlarning ishini o‘nglamas»
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Va albatta, Alloh xoinlarning ishini o‘nglamas» (Yusuf surasi, 52).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning alomati uchta: gapirsa, yolg‘on gapiradi; va’da bersa, va’dasini buzadi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» (Muttafaqun alayh). Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon bizga murojaat qilsalar: «Omonati yo‘q kishining iymoni yo‘q, ahdi yo‘q kishining dini yo‘q», der edilar» (Tabaroniy, Ibn Hibbon rivoyati). Ya’ni, omonatga xiyonat qiladigan kimsa iymonsiz, ahdiga vafo qilmaydigan kimsa dinsizdir. Har qanday narsadagi xiyonat qabih bo‘lib, ba’zisi yomonroqdir. Ahling va mol- mulkingga xiyonat qilgan kimsa bilan arzimas pulingga xiyonat qilgan kimsa barobar emas. Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 78 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati). Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin, biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi» (Abu Dovud rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar-yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin», deganlar (Muslim rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et», deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib, unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir», dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati). Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr – yaxshilik bo‘lmaydi. Ey Allohim, bizga lutf marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin. O‘ttiz oltinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling