Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

OMONATGA XIYONAT QILISH 
 
Alloh taolo marhamat qiladi: 
 
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan 
hollaringizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har 
qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!» (Anfol surasi, 27). 
 
Vohidiy rahimahulloh aytadilar: «Bu oyat Abu Luboba xususida nozil bo‘lgan. Bani 
Qurayza yahudiylari qamal qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini 
ularga elchi qilib jo‘natgan edilar. U kishining ahli va farzandlari Bani Qurayza 
yahudiylarining orasida edi. Ular undan: «Ey Abu Luboba, bordiyu Sa’dning hukm 
qilishiga rozi bo‘lsak, nima bo‘ladi deb o‘ylaysan?» deya so‘rashdi. Abu Luboba 
tamog‘iga ishora qildi, ya’ni, so‘yadi, demoqchi bo‘ldi. Bu ishi bilan u Alloh va Rasuliga 
xiyonat qilgan edi. Abu Lubobaning o‘zi: «Turgan joyimdan qo‘zg‘almay turib, Alloh va 
Rasulga xiyonat qilganimni bildim», degan edi». 
 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Omonatlar – Alloh omonat qilib bergan 
amallar, ya’ni farzlardir». 
 
Kalbiy aytadilar: «Alloh va rasuliga xiyonat qilish ularga osiylik qilishdir. Har bir inson 
Alloh farz qilgan ishlarda omonatdordir, xohlasa xiyonat qiladi, xohlasa ado qiladi, uni 
Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi». 
 
Ya’ni, bu va boshqa har qanday omonatga xiyonat qilmaslik darkor. 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling