www.ziyouz.com kutubxonasi
89
sherga ortib keldingiz. Vahshiy hayvon amringizga muntazir edi. Bu yil esa, xotiningiz
shirinsuxan, qarg‘anmaydi. Biroq o‘tinni o‘zingiz orqalab keldingiz. Buning boisi nima?»
deb so‘radi. Shunda birodari javoban: «Ey birodar, o‘sha bema’ni xotinim vafot etdi.
Uning axloqsizligi va qiliqlariga sabr qilar edim. U bilan yashash behuzurlik bersa-da,
chidaganim bois shekilli, Alloh taolo menga o‘sha sherni bo‘ysundirib qo‘ygan, u
og‘irimni yengil qilar edi. Xotinim vafot etgach, mana shu soliha ayolga uylandim. Bu
muborak, mute’ ayol bilan rohat-farog‘atda yashayapman. Shu bois, sher kelmay qo‘ydi
va o‘zim o‘tinni orqalab kelishga majbur bo‘ldim», dedi.
Alloh taolodan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan narsalarga sabr-bardoshli etmog‘ini
so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.
O‘ttiz to‘qqizinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |