Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammad alayhissalom haq


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammad alayhissalom haq 
payg‘ambar ekani haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan 
qilib berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh la’natlagay 
va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar» (Baqara surasi, 
159). 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga 
taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga taqlid qiladigan ayollarni, «turmush qurmay 
o‘taman», deydigan zohid erkaklarni va shunday zohid ayollarni hamda yolg‘iz musofirni 
la’natladilar. Bu (ya’ni, yolg‘iz musofirni la’natlaganlari) sahobalarga yoqmadi. Bu 
ularning yuzlaridan bilinib turardi. Rasululloh keyin: «Yolg‘iz o‘zi uxlovchi ham 
(mal’undir)», dedilar» (Imom Ahmad rivoyati). 
 
Fasl 
 
Gunohlardan saqlangan musulmonni la’natlash haromligiga musulmonlar «ijmo’» 
qilishgan. Biroq qoralangan sifat egalarini la’natlash joiz. Masalan, «Alloh zolimlarni 
la’natlasin», «Alloh kofirlarni la’natlasin», «Alloh nasoro-yu yahudlarni la’natlasin», 
deyish mumkin. 
 
O‘g‘ri, zolim, zinokor, sudxo‘r yoki yahudiy bo‘lgan muayyan bir insonni la’natlash, 
hadislar zohiriga binoan harom emas. Imom Fazzoliy rahimahulloh hazratlari esa buning 
haromligiga ishora qilganlar va Abu Lahab, Abu Jahl, Fir’avn, Homon kabi kofir holida 
o‘lgani ma’lum kimsalarnigina la’natlash joiz deb bilganlar. «Chunki la’natlash – Alloh 
rahmatidan chetlanish deganidir. Biz fosiq yoki kofirning xotimasi qanday bo‘lishini esa 
bilmaymiz, deydilar. 
 
Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan muayyan kimsalarni la’natlash 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
joiz. Chunki u zot sollallohu alayhi vasallam ularning kofir holida o‘lishlarini aniq 
bilganlar. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Alloh va Rasuliga 
osiylik qilgan Ra’l, Zakvon va Usayya (yoki Asiyya) qabilalarini la’natlagin», deganlar 
(Muslim rivoyati). 
 
Biror kishini duoibad qilish ham qariyib la’natlash bilan barobardir. Hattoki, zolimni 
«Alloh jismini sog‘ qilmasin» «Alloh salomat qilmasin» kabi so‘zlar bilan duoibad qilish 
durust emas. Bularning barchasi qoralangandir. 
 
Shuningdek, jonli-yu jonsiz barcha mavjudotni la’natlash ham nojoiz. 
Ayrim ulamolar aytganlarki: «Kimda-kim la’natga munosib bo‘lmagan kishini la’natlasa, 
darhol so‘zini qaytarib olsin...» 
 
Fasl 
 
Amri ma’ruf-nahiy munkar qiluvchi va har bir nasihatgo‘y qarshisidagi kishiga: 
«Holingga voy bo‘lsin» «Ey holi zaif», «Ey loqayd», «Ey o‘ziga zolim» kabi so‘zlarni aytsa 
joiz. Bunda faqat yolg‘onga o‘tib ketmasligi va rost bo‘lsa-da, qo‘pol, behayo so‘z 
so‘zlamasligi darkor. Odob berish, yomon xulqlardan qaytarish va so‘z ta’sirchan bo‘lishi 
uchun yuqorida zikr qilingan jumlalarni so‘zlash mumkin, xolos. Vallohu a’lam. 
 
Ey Allohim, qalblarimizni o‘zingdan boshqaga bog‘lanib qolishdan pokla, bizni O‘zing 
yaxshi ko‘rgan va O‘zingni yaxshi ko‘rgan qavmdan qil. Bizni, ota-onamizni va barcha 
musulmonlarni mag‘firat ayla. 
    
 
Qirq ikkinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling