Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
105 Abu Hurayra roziyallohu anhuning qora tanli cho‘risi bor edi. Bir kuni u zot cho‘risiga qamchi ko‘tardilar-da: «Agar qasos bo‘lmaganida, seni, albatta, savalar edim. Lekin seni haqingni to‘la qilib beradigan Zotga sotaman. Allohning roziligi uchun ozodsan», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim pok qulini badnom qilsa (zinokor deb tuhmat qilsa), unga qiyomat kunida had joriy qilinadi. Magar aytgani rost bo‘lsa (jazolanmaydi)» (Muttafaqun alayh). Bir hadisi sharifda: «Qulga taomi va kiyimidan beriladi hamda toqati yetmaydigan ishga buyurilmaydi», deyilgan (Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qullaringizdan o‘zingizga ma’qul kelganlariga yeydigan narsangizdan yediringlar, kiyadigan narsangizdan kiydiringlar. Ma’qul kelmaganlarini esa sotib yuboringlar, Allohning bandalarini azoblamanglar» (Abu Dovud rivoyati). Salmon Forsiy roziyallohu anhu Madoin shahrining amiri bo‘lib turgan davrida huzurlariga bir jamoat tashrif buyurdi. U xamir qorib turgan edi. «Cho‘ringizga xamir qordirsangiz bo‘lmaydimi?» deyishgan edi, u zot roziyallohu anhu: «Uni bir ishga jo‘natgan edik. Unga yana bir ishni jamlab qo‘yishni ma’qul topmadik», deb javob berdilar. Salaflardan biri aytgan ekan: «Qulingni har bir gunohi uchun uraverma-da, xatolarini esingda saqlab yur. Agar Allohga osiylik qilsa, uni ur va senga qilgan itoatsizliklarini eslat». Fasl Qul va cho‘rini farzandi yoki ukasidan judo qilish ularga qilingan eng katta yomonlikdir. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kimda-kim ona bilan bolani bir-biridan judo qilsa, qiyomat kunida Alloh uni suyganidan judo qiladi (Termiziy, Hokim rivoyati). Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki aka-uka g‘ulomlarimni sotishni buyurdilar. Men ularni boshqa-boshqa kishiga sotdim. Buni u zot sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edim: «Ikkalasini bitta odamga sot», dedilar» (Ahmad rivoyati). Qul, cho‘ri va hayvonlarni och qoldirish ham katta zulmdir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Qaramog‘idagilarni o‘z holiga tashlab qo‘yish kishining gunohkor bo‘lishiga kifoya qiladi» (Hokim, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati). Hayvonni qattiq urish yoki qamab qo‘yib, qarovsiz qoldirish yoxud toqatidan ortiqcha narsani yuklash ham katta zulmdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling