«...Yo‘q (farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki) ulug‘ bandalardir.
(Farishtalar) U zotdan ilgari biron so‘z aytmaydilar (ya’ni, Alloh buyurmagan
biron ishni qilmaydilar). Ular (Allohning) amr-farmoni bilangina amal qilurlar.
U zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o‘tgan) barcha ish-
amallarini bilur. Ular (Qiyomat qoyim bo‘lgan Kunda) faqat (Alloh) rozi bo‘lgan
kishilarnigina shafoat qilurlar – qo‘llay olurlar. Ularning o‘zlari (Allohdan)
qo‘rqib xafvu xatarda tururlar» (Anbiyo surasi, 26–28).
Kitoblarga iymon keltirish – Alloh taolo O‘zining tanlab olgan elchilariga vahiy qilgan
kalomini tasdiqlashdir. Bu kalomlar jamlanib, devon qilinib, pokiza sahifalar va qiymatli
kitoblarga aylangan. Mo‘min ulardan bilganiga batafsil, bilmaganiga umumiy suratda
iymon keltiradi.
Payg‘ambarlarga iymon keltirish – ularning Alloh taolo nomidan bergan xabarlariga
ishonishdir. Alloh ularni rostgo‘yliklariga dalolat qiladigan mo‘’jizalar bilan qo‘llab
quvvatlagan, ular Allohning risolatini yetkazganlar, mukallaf bandalarga Allohning
buyruqlarini bayon qilib berganlar. Ularni ehtirom qilish va ulardan birontasini ajratib
qo‘ymaslik vojib bo‘ladi.
Oxirat kuniga iymon keltirish – Qiyomat kunini va u kunda ro‘y beradigan qayta tirilish,
mahshargohga to‘planish, hisob-kitob, mezon, pulsirot, jannat va do‘zax, bu ikkisi
muhsinlarga savob, nobakorlarga jazo diyori ekanini va bulardan boshqa sahih naqlda
kelgan narsalarni tasdiqlashdir.
Taqdirga iymon keltirish quyidagi oyati karimalar ifodalaydigan ma’nolalarni
tasdiqlashdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |