www.ziyouz.com kutubxonasi
51
ichmoqchi bo‘lsam, u qo‘limdan tortib aroqni to‘kib yuborar edi. U ikki yoshga yetgach,
vafot etdi. Men qayg‘uda qoldim... Sha’bon oyi edi. Bir kuni yarim tunda ichib mast
bo‘lib yotib qolibman. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Qabrimdan chiqib
kelibman. Bundoq qarasam, yonimda katta ajdar meni yemoqchi bo‘lib turibdi. Undan
qo‘rqib qochdim, u esa orqamdan quvlay boshladi. Har qancha tez chopsam ham, undan
butunlay qochib ketolmas edim. Qocha turib yo‘lda oppoq libosli munkillagan cholni
uchratdim. Unga: «Ey otaxon, meni anavi ajdardan qutqaring. U meni yemoqchi, halok
qilmoqchi», deb yalingan edim, u: «Ey o‘g‘lim, men qarib, kuchdan qolganman, u
mendan quvvatli, unga kuchim yetmaydi. Sen qochib, yo‘lingda davom etaver-chi,
shoyad Alloh seni undan xalos etsa», dedi. Men tezroq chopa boshladim. Ajdar ham
izimdan qolmay kelar edi. Yugura-yugura do‘zax tabaqalariga kelib qoldim. Do‘zax qizib,
qaynab yotardi. Unga tushib ketishimga bir bahya qoldi. Shunda kimdir: «Sen mening
ahlimdan emassan», dedi. U yerdan burilib yana qocha boshladim. Ajdar hamon quvlab
kelar edi. Qocha-qocha ko‘zni qamashtiradigan nurli toqqa yaqinlashdim. Tog‘da qasrlar
bo‘lib, ularning eshik va pardalari ko‘zga tashlanib turar edi. Shu payt kimdir:
«Dushmani yetib kelib halok etmasdan turib manavi bechorani qutqaringlar!» dedi.
Eshiklar ochilib, pardalar ko‘tarilib, u yerdan yuzlari oyday bolalar chiqib kelishdi. Qizim
ham ular bilan birga edi. Meni ko‘rib oldimga tushdi. O‘ng qo‘li bilan ajdarni urgan edi, u
qochib ketdi. Keyin tizzamga o‘tirdi-da: «Ey otajon,
Do'stlaringiz bilan baham: |