Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 qiluvchi haqida so‘rashdi. U zot: «Yo‘q, faqat rag‘bat-xohish bilan qilingan nikoh joiz. Aldov-hiyla nikohi joiz emas. Alloh azza va jallaning kitobini istehzo qilish mumkin emas. Toki asaldonidan totib ko‘rsin», dedilar (Abu Ishoq Juzjoniy rivoyati). Bir kishi Ibn Umardan: «Bir kishi xotinini uchtaloq qildi. Bir birodari u bilan maslahatlashmasdan, halollab berish maqsadida uning xotiniga uylandi. Endi birinchisiga halol bo‘ladimi?» deb so‘ragan edi, u: «Yo‘q. Faqat rag‘bat-xohish bilan qilingan nikoh joiz. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida bu ishni fohishabozlik deb hisoblardik», dedilar (Hokim rivoyati). Asram va Ibn Munzirlar rivoyat qilishlaricha, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Halol qiluvchi va halol qildiruvchini huzurimga olib kelishsa, ikkalasini ham toshbo‘ron qilgan bo‘lardim», deganlar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan ayolni eriga halollab berish haqida so‘rashganida: «Bu ish fohishabozlik», deb javob berganlar. Abdulloh ibn Sharik Omiriy aytadilar: «Ibn Umar roziyallohu anhumodan: «Bir kishi amakisining qizini (ya’ni, xotinini) taloq qilib, so‘ng afsuslanib, xotiniga rag‘bat bildirdi. Boshqa birov u kishiga halollab berish uchun unga uylanmoqchi. Shu ish mumkinmi? deb so‘rashgan edi, u zot: «Agar u halollab bermoqchi ekanini bilsa, garchi yigirma yil yoki shunga yaqin muddat yashasa-da, ikkalasi ham zinokordir», deya javob berdilar. Bir kishi Ibn Abbos roziyallohu anhumoga: «Amakimning o‘g‘li xotinini uchtaloq qilib, endi afsuslanib o‘tiribdi», degan edi, u zot: «Amakingni o‘g‘li Rabbiga osiylik qilgan edi, Rabbi uni nadomat chektirib qo‘ydi. Shaytonga itoat qilgan edi, shayton unga (bu mushkul holatdan) chiqar yo‘lni paydo qilmadi», dedi. «Birontasi unga xotinini nikohlab bersa bo‘lmaydimi?» deb so‘ragan edi, «Kim Allohni aldamoqchi bo‘lsa, o‘zini aldab qo‘yadi», deya javob berdilar. Ibrohim Naxa’iy aytganlar: «Birinchi er va yoki ikkinchi er va yo ayol – uchovidan birontasining niyati halollab berish bo‘lsa, ikkinchisining nikohi botil bo‘ladi va birinchisiga halol bo‘lmaydi». Hasan Basriy: «Agar uchovidan birontasi halollashni istasa, (nikohni) fosid qilgan – buzgan bo‘ladi», deganlar. Tobe’inlarning imomi Said ibn Musayyab: «Avvalgi eriga halollab berish maqsadida biron xotinga uylangan kishining nikohi halol emas», deganlar. Molik ibn Anas, Lays ibn Said, Sufyon Savriy, Imom Ahmadlar ham shu gapni aytganlar. Ismoil ibn Said aytadi: «Imom Ahmaddan: «Bir kishi ayolga avvalgi eriga halol qilib berish maqsadida uylanmoqchi. Biroq ayol bundan bexabar. Shu ish joizmi?» deb so‘ragan edim, u zot: «U halol qiluvchidir. Agar bu bilan halollab berishni xohlar ekan, u mal’undir», dedilar». Imom Shofe’iy mazhablariga binoan, agar nikoh vaqtida halollab berish shart qilinsa, nikoh botil bo‘ladi. Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 83 Alloh taolodan bizlarni O‘zi rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq aylashini, gunoh ishlardan yiroq qilishini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mag‘firatli va rahmli zotdir. O‘ttiz sakkizinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling