Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Imom Zahabiyning mashhur asarlari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
Imom Zahabiyning mashhur asarlari:
1. Tarixul Islom. Katta bibliografik qomus. 2. Al-Ibar bi axbar man abar. Olimlar haqida keng bibliografik tarix. 3. Duvalul Islom. Siyosiy shaxslar va voqealar haqida. 4. Siyaru a’lamin-nubala. 5. Tazkiratul huffaz. Hadis olimlari tazkirasi. Abu Bakr Siddiqdan boshlab to o‘zlari yashagan davrigacha o‘tgan hadis roviylari va olimlari hayotiga bag‘ishlangan asar. Keyinchalik Imom Suyutiy bu kitobni o‘z zamondoshlari bilan boyitib, «Tabaqatul huffaz» asarini yozganlar. 6. Tabaqatul qurro. Qur’on olimlarining hayotiga bag‘ishlangan kitob. 7. Zikru man yu’tamid qavluhu fil jarhi vat-ta’dil. Ishonchliligi jurh va ta’dil yo‘lida tekshirilgan hadis roviylariga bag‘ishlangan kitob. Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 2 8. Muxtasaru Sunan al-Bayhaqiy. 9. At-tajrid fi asmais-sahaba. Sahobalar haqida lug‘at. 10. Muxtasaru al-Mustadrak lil Hakim. Hakimning «Mustadrak» asariga qisqa sharh. 11. Muxtasaru tarixi Naysabur lil Hakim. 12. Nabaud-Dajjal. Dajjol haqidagi hadis va rivoyatlar monografiyasi. Imom Zahabiyning qirqqa yaqin asarlari bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani, shubhasiz, «Kaboir» kitobidir. Qur’on va hadisda tilga olingan, had-jazo belgilangan, Alloh va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlagan gunoh ishlar ushbu kitobda batafsil yoritilgan. Inson yomonlikka tushib qolmasligi uchun uni yaxshilab tanib olishi kerak. Ushbu kitob bizga bu borada katta yordam beradi. To‘g‘ri, oldin ham katta gunohlar haqida ba’zi risolalar chop etilgan. Lekin ular Imom Zahabiyning «Kaboir» asaridan parchalar edi. Alloh taolo bandalari katta gunohlardan saqlansa, mayda-kichik gunohlarni kechishi aytgan. O‘qiyotgan besh vaqt namozimiz, tutayotgan ro‘zamiz, juma namozlarimiz ham, gunohi kabiralardan saqlanar ekanmiz, kichik gunohlarimizni yuvib turadi. Shuning uchun kabiralardan saqlanmog‘imiz, mabodo, beixtiyor ulardan birortasini sodir etib qo‘ysak, tavba va pushaymonlik o‘ti ila uni kuydirmog‘imiz lozim. Gunohlardan chekinish va ulardan poklanish yo‘lida ushbu kitob o‘quvchilarimizga zarur qo‘llanma bo‘lishiga umidimiz bor. Uni o‘qib, uqib, nafsida naf topganlar avvalo Imom Zahabiy hazratlarining haqlariga, qolaversa, ushbu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, chop etilishiga hissa qo‘shgan mutasaddilarning haqlariga duoi xayrlar qilgaylar. Olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Barchamizga U zotning huzuriga gunohlarsiz, pokdomon holda yuzlanishimizni nasib aylasin. Bismillahir rohmanir rohiym Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz Muhammadga salovot va salomlar bo‘lsin! Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar – gunohi kabiralar haqida so‘z boradi. Alloh va Uning Rasuli Kitobu sunnatda qaytargan ishlar gunohi kabiradir. (Bunday gunohlar uchun dunyoda had-jazo belgilangan, oxiratda tahdid solingan, yoki uni sodir qilgan kishining iymoni inkor qilingan, yoki la’natlangan, yoki «biz undan pokmiz», «u bizdan emas», kabi so‘zlar bilan sifatlangan.) Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib yuborishini, so‘ng uni jannatga doxil etishini xabar qiladi: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling