Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini 
kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun 
kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi» (Niso 
surasi, 116). 
 
«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur, 
uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas» 
(Moida surasi, 72). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari 
haqida xabar beraymi?» deb so‘radilar. «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da: «Ogoh bo‘linglar, 
yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar, hattoki, biz, qaniydi 
to‘xtalsalar, dedik» (Muttafaqun alayh). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on gapirish eng katta 
gunohi kabiralardan ekanini aytdilar. Holbuki, bu gunohlar yettita halok qiluvchi 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
gunohlar sirasida sanalmagan. Gunohi kabiralar yettitadan ko‘p ekaniga shuning o‘zi 
yaqqol hujjatdir. 
 
Har qanday gunohdan, u xoh katta bo‘lsin, xoh kichik, darhol tavba qilish vojib, tavbani 
orqaga surish joiz emas. Bu ish Islomning eng muhim jihati va dinning ta’kidlangan 
qoidalaridandir. 
Ahli sunna nazdida tavbaning vojibligi Kitob va sunnatdan olingan. 
Qur’oniy hujjatlar, hadisi shariflar va salafi solihlar so‘zlarining zohiri shuki, kim Allohga 
astoydil tavba qilsa va unda tavba shartlari to‘kis bo‘lsa, Alloh uning tavbasini qabul 
qiladi. 
 
Taassufki, islom ummatining aksariyati amalining gunohi kabira, harom ekanini 
bilmaydi. Bu boradagi ta’qiq va tahdidlar ularga yetib bormagan. Shuning uchun olim 
odam johillarga tezlik, qo‘pollik qilmasdan, Alloh o‘ziga ta’lim bergan narsalarni ularga 
bildirishi, shirinsuxan va xushmuomala bo‘lishi lozim. Chunki banda bilmagan narsasi 
uchun gunohkor bo‘lmaydi. 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling