Gidrotexnika inshootlari
Download 28.69 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrotexnika inshootlari to’g’risida tushuncha va ularning tasnifi.
Gidrotexnika inshootlari -suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boʻyicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi.Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan G. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv oʻtkazgich (vodovod) suvni tegishli joylar (kanal, nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yoʻnaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) G. i. turli qismlarining ravon birlashishini taʼminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib (tashlab) yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlarga zulfinlar oʻrnatiladi. Rostlagich (yoʻnaltirgich) inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini oʻzgartirish va yaxshilashga, oʻzan va qirgʻoqlarni yuvilib ketishdan, oqiziqlarning toʻplanib qolishidan, muz taʼsiri va b.dan himoya qilishga moʻljallangan. Maxsus G. i. gidroenergetika (gidroelektr stansiya binolari, bosimli havzalar va sh. k.), suv transporti (kema kutargich shlyuzlar, pristanlar va b.) inshootlari, meliorativ (magistral va taqsimlovchi kanallar, suvni kerakli balandlikka koʻtarish uchun nasos stansiyasi, kollektor-drenaj tarmogi, tindirgich, suv taqsimlagichlar, suv oʻlchash qurilmalari va b.) inshootlar, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya inshootlari va b. kiradi. Gidrotexnika inshootlari to’g’risida tushuncha va ularning tasnifi. Foydalanish sharoitlari bo‘yicha gidrotexnika inshootlari amaldagi Qurilish me’yorlari va qoid alari (QMQ ) ga ko'ra: doimiy va vaqtinchalik inshootlar; doimiy gidrotexnika inshootlari esa asosiy va ikkinchi darajali inshootlarga bo'linadi. Doimiy asosiy gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashda yoki ularda avariya sodir bo'lganda butun tizim o'z ishini to'xtatadi yoki gidroelektrostansiyalar normal ishlashini buzilishiga, sug'orish tarm oqlarida suvning to'xtashi yoki kamayishi, kema qatnovi to'xtatilishi yoki kamayishi va h.k. ga sabab bo'ladi. Ikkinchi darajali inshootlar ta’mirlanganda yoki avariya sodir bo'lganda, ular o'z ishini to'xtatishi natijasida katta talofatlar sodir bo'lmaydi. Asosiy gidrotexnika inshootlariga: to'g'onlar, dambalar, suv oluvchi inshootlar, kema o'tkazuvchi inshootlar, suv tashlovchi inshootlar, derivatsiya, bosh va sug'orish kanallari, tunnellar, suv o'tkazuvchi quvurlar, kollektorlar, turli xil havzalar, tenglashtiruvchi rezervuarlar, boshqaruvchi (to'g'rilovchi) inshootlar, gidroelektrostansiya binolari, nasos stansiyalari, kema ko'targichlar, mexanizatsiyalashgan yuk bog'lovchi joylar, issiqlik va atom elektrostansiyalarining gidrotexnika inshootlari va baliq o'tkazuvchi inshootlar kiradi. Download 28.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling