Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 Onaning fazilati Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, go‘zal muomala-munosatbatda bo‘lishimga eng haqdor inson kim?» deb so‘ragan edi, u zot: «Onang», deb javob berdilar. «Keyin-chi?» degan edi, yana: «Onang», dedilar. «Keyin-chi?» degan edi, yana bir bor: «Onang», dedilar. «Keyin-chi?» degan edi, «Otang» dedilar» (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam onaga yaxshilik qilishga uch bora buyurib, keyin otaga yaxshilik qilishga irshod etdilar. Chunki farzand o‘stirishda ona ko‘proq qiyinchilikni boshidan o‘tkazadi va otaga qaraganda mehribonroq bo‘ladi. Muoviya ibn Johima aytadilar: «(Otam) Johima Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Men g‘azot qilmoqchiman, sizdan maslahat so‘ragani keluvdim», degan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam «Onang hayotmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», dedi. «Borib onangni lozim tut (mudom xizmatida bo‘l). Zero, jannat onang oyog‘i ostidadir», dedilar Nabiy (Hokim rivoyati). Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Bir ayol: «Yo Rasululloh, mana bu o‘g‘limga qornim joy, bag‘rim boshpana, ko‘kragim esa sug‘oradigan mesh bo‘lgan edi. Endi otasi uni tortib olmoqchi», dedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, nikohlanmas – boshqa erga tegmas ekansan, sen unga haqliroqsan», dedilar» (Ahmad, Abu Dovud, Hokim rivoyati). Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xola ona maqomidadir», deganlar (Ahmad, Buxoriy, Muslim rivoyati). Ya’ni, xolaga ham yaxshilik, xayr-ehson, hurmat ko‘rsatish lozim. Ibn Umar roziyallohu anhumo yelkasiga onasini mingizib olib, Ka’bani tavof qildirayotgan kishini ko‘rdilar. U kishi: «Ey Ibn Umar, men onamning haqqini ado qila oldimmi?» deb so‘ragan edi, u zot: «To‘lg‘oqlaridan bir to‘lg‘oq haqini ham ado eta olmading. Biroq, yaxshi ish qilding. Alloh sening ozgina yaxshigilingga ko‘p savoblar ado etur», dedilar. Bikir aytganlarki: «Qaysi bir kishi onasiga gapini eshitadigan darajada yaqin bo‘lsa, bu unga Alloh yo‘lida qilich chopishgandan ko‘ra afzalroqdir. Onasiga nazar solish esa barcha narsadan afzaldir». Allohdan bizni O‘zining roziligiga muvaffaq etmog‘ini, g‘azabiga uchrashdan saqlamog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, mehribon va rahmli zotdir. Qirq to‘rtinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling