Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 21
Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik yillarida adolat bilan ish tutganlari, ayniqsa, faqir, nochor, mazlum kishilarga jon fido qilganliklari tillarda doston bo‘lib ketgan. U kishining xalifalik yillarida bir odam janjalkash, shaddod xotinining janjallariyu baqir-chaqirlaridan to‘yib, xalifaga shikoyatga keldi. U Umarning (r.a) eshiklari oldiga kelib, endi chaqirmoqchi bo‘lib tursa, ichkaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirgani eshitildi. Boyagi kishi hayron bo‘lib qoldi, quloqlariga ishonmadi. Nahotki, xalifaning xotini baqir-chaqir qilayotgan bo‘lsa? Astoydil quloq solsa, xalifaning xonimi Ummu Gulsum eri hazrati Umarga qattiq gapirmoqda. Xalifadan esa sado chiqmasdi. Xotinidan shikoyatga kelgan odam o‘ziga- o‘zi shunday dedi: – Men xotinimning janjallaridan, uning yomon fe’lidan, menga nisbatan hurmatsizligidan xalifaga arz-dod qilib kelgandim. Bu qanday bedodlikki, mening boshimdagi g‘am-alam xalifaning boshida ham bor ekan. Yaxshisi, bu yerdan tinchgina ketaqolay! U qaytib ketayotgan edi, Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar: – Nega kelding-u endi nega ketyapsan? – dedilar. – Sizga xotinimdan shikoyat qilib kelgandim. Qarasam, bu dard, bu tashvish sizning boshingizda ham bor ekan. Shuning uchun shikoyat qilishdan kechib, qaytib ketayotgan edim, - dedi arzga kelgan kishi. – Agar gap shundoq bo‘lsa, endi menga yaxshilab quloq sol, - dedilar xalifa. – Oiladagi ayollarimizning bizga sabr-qanoat, tog‘at bilan qilgan xizmatlari ham, ayni paytda erning zimmasida uning haqlari ham bor. Xotinim jahannam otashi bilan mening o‘rtamda bir parda-to‘siqdir. Ko‘nglim u bilan rohat topadi, haromga boqmayman, chunki u menga xotinlik vazifasini qiladi. U uyim va mulkimning qo‘riqlovchi muhofizidir, uydan chiqsam, u uydagi mol-mulkimni saqlab, bekalik vazifasini bajaradi. Kiyimlarimni yuvib-tozalaydi, uyning boshqa yumushlarini bajaradi, hamma yoqni orasta tutadi, bolalarni yuvib-tarab, yedirib-ichiradi, tarbiya qiladi. U mening ovqatimni pishirib, oldimga qo‘yadi, boshqa yumushlarimni qiladi. Shuncha xizmatlarni o‘rniga qo‘yib bajarib, biror marta ham minnat qilmaydi, zorlanmaydi. Boyagi odam hazrati Umarning bu nasihatlarini eshitgach: – Sizga qilinadigan bu xizmatlar menga ham qilinadi. Sizki ayolingizni xush ko‘rib, ba’zi qusur-kamchiliklarini kechirganingizdan keyin men ham xotinimning qusurlarini kechirdim, - dedi. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling