Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Chiroyli xotima 

Ittifoqo bir kuni mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) huzurlariga uch yigit kirib 

kelishdi. Ular otalarini o‘ldirgan qotilni tutib kelishgandi, undan qanday qasos olish 

masalasini aniqlashni xalifaga topshirmoqchi edilar. Qotil hazrati Umarni aldab 

bo‘lmasligini tushunib, aybini bo‘yniga oldi, har qanday jazoga roziligini izhor qildi. Faqat 

mol-mulkini farzandlariga bildirib qo‘yish uchun uch kunga muhlat so‘radi. O’sha yerda 

hozir bo‘lgan sahobiylardan Abu Zarr g‘iforiy qotilning kafolatini oldi.  

Uch kun o‘tdi, qotildan darak yo‘q edi. Xalifa uning kafolatini olgan Abu Zarrni toptirib 

keldi. U yetib kelib, qatl etilishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu paytda o‘sha qotil 

halloslaganicha yetib keldi. Xalifaning yuzi yorishdi. Qotildan taajjubda so‘radi: 

– Qochib ketishga imkoning bo‘laturib, nega qaytib kelding? 

– Xalifalikda va’dasining uddasidan chiqadigan qolmabdi, deyishlaridan qo‘rqib keldim, 

- dedi qotil. 

Shunda xalifa sahobiy Abu Zarrga yuzlanib so‘radilar: 

– Sen nega tanimagan odamingning kafolatini olding, axir u kelmaganda, uning 

o‘rniga qatl etilgan bo‘larding-ku?! 

– Xalifalikda himmatli kishilar yo‘q ekan-da, deyishmasligi uchun shunday qildim, - 

dedi sahobiy. 

Bu manzarani ko‘rib turgan jabrdiyda uch yigit Xalifaga shunday deb murojaat 

qilishdi: 

– Biz ham otamizning qotilini kechirdik, undan qasos ham olmaymiz, tag‘in bu 

dunyoda afv etguvchilar qolmabdi-da, deb yurishmasin. 

Masalaning bu yangliq chiroyli adolat bilan xotima topganini ko‘rgan amirning 

yuzlarida mamnunlik alomatlari jilva eta boshladi. 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling