Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq).
Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Uchta gunoh
Madina ko‘chalarini kezib, ra’iyat ahvolotidan doimo xabardor bo‘lish xalifa Umar ibn
Xattobning (r.a.) eng suygan mashg‘ulotlaridan edi. Bu gal ham hazrati Umar (r.a.) ana
shu poytaxt ko‘chalarini aylanib yurgandilar. Bir hovli yonidan o‘tib ketayotib, erkak va
ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotganini eshitib qoldilar. Devorga chiqib qarasalarki,
ularning o‘rtasida ichkilik to‘la idish turibdi. Shunda Umar (r.a.) tutog‘ib ketib, erkakka
ta’na qildilar:
– Ey Allohning dushmani, sen qilayotgan bu gunoh ishlar Allohdan pinhon qoladi, deb
o‘ylaysanmi?
U odam esa xotirjam turib, xalifaga javob qildi:
– Ey amiral mo‘minin, men Allohga bir gunoh qilgan bo‘lsam, siz birato‘la uchta
gunohga yo‘l qo‘ydingiz. Alloh taolo: «Josuslik qilmanglar!» degan. Siz bizning gapimizni
poylab, josuslik qildingiz. Alloh yana aytganki: «Uylarga eshiklardan kiringlar!» Siz esa
devor oshib tushdingiz. Va yana Alloh taolo: «O’zlaringizning uylaringizdan boshqa
uylarga uning ahlidan izn so‘ramasdan, salom bermasdan kirmanglar», deydi. Siz buni
ham qilmadingiz.
Umar (r.a.) bu kishining zukkoligiga tan berib, bo‘shashib qoldi va undan shunday deb
so‘radi:
– Birorta xayrli ishing bo‘lsa, ayt, seni avf qilaman.
– Xudo haqqi, qaytib bu ishni hech qachon qilmaslikka so‘z beraman, - deya uzr
so‘radi boyagi kishi.
– Boraqol, seni kechirdim, - dedilar hazrati Umar xotirjam bo‘lib.
Do'stlaringiz bilan baham: